Agar AQŞ hujum qilsa, “Tolibon” Eronga yordam berişga tayyor – Zabixulloh Mujohid
16-02-2026, 18:30
88 марта

Agar AQŞ hujum qilsa, “Tolibon” Eronga yordam berişga tayyor – Zabixulloh Mujohid
Afğonistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumati vakili Zabixulloh Mujohid agar AQŞ Eronga qarşi hujum boşlasa, Afğoniston aholisi Eron xalqiga yordam berişga tayyorligini malum qildi. Bu haqda u joriy yilning 15 fevral kuni Eron radiosining Puştun xizmatiga bergan intervyusida söz oçdi.“Tolibon” vakili ikki davlat örtasida töqnaşuvni xohlamasligini bildirgan va imkoniyatlari doirasida hamkorlik va birdamlik körsatişini takidlagan. Şuningdek, Mujohid Eronning Isroil bilan yaqinda bölgan nizodagi ğalabasini olqişlab, Tehron 12 kunlik uruşda ğalaba qozonganini va yana ustun bölişi mumkinligini aytgan. Şuningdek, u Eron “bunday qobiliyatga ega, haqli va özini himoya qiliş huquqiga ega” ekanini ham alohida qayd etgan.