USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Mujtabo Xomanaiy ikkinçi örinda”. Eronni kim boşqarmoqda?

59 марта

“Mujtabo Xomanaiy ikkinçi örinda”. Eronni kim boşqarmoqda?

Eronning sobiq oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyning uruşning birinçi kunida öldirilişi mamlakatda yangi tartib örnatilişiga olib keldi. Bu tartibda Islom inqilobi qöriqçilari korpusi ustunlik qilmoqda, uning vorisi bölgan Mujtabo Xomanaiyning roli esa faqat qarorlarni legitimlaştiriş (rasmiylaştiriş) bilan çeklanib qolmoqda. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

1979 yilda taşkil etilganidan beri Eron Islom Respublikasi mutlaq hokimiyatga ega bölgan oliy rahbar atrofida qurilgan edi. Ammo uruşning birinçi kunida Oyatullohning öldirilişi mamlakatda butunlay boşqa tizim şakllanişiga olib keldi. Bu tizimda korpus hukmronlik qilmoqda va unda kuçli, markaziy yetakçi yöqligi bilan ajralib turadi.
Xomanaiy öldirilgaç, uning öğli Mujtabo Xomanaiy Oliy rahbar sifatida tayinlangan, biroq uning roli generallar tomonidan qabul qilingan qarorlarni tasdiqlaş bilan çeklanib qolgan, mustaqil buyruq beriş vakolatiga ega emas. Bu haqda agentlikka uçta manba malum qilgan.

Eron rasmiylari va tahlilçilarga köra, uruş şaroiti hokimiyatni tor va qattiq doiraga jamlagan. Bu doiraga Milliy xavfsizlik oliy kengaşi, oliy rahbar devoni va korpus kiradi. Aynan korpus harbiy strategiya hamda muhim siyosiy qarorlarda yetakçi rolni öz zimmasiga olgan.

Qayd etiş joiz, Homanaiyning otasi öldirilgaç, uning özi ham uruşning birinçi kunida jarohat olganidan söng, omma oldida körinmagan. U korpus yordamçilari yoki çeklangan audio kanallar orqali muloqot qiladi, deb xabar beradi uning yaqin atrofidagi ikki manba.

Garçi u rasman Erondagi eng yuqori lavozim egasi bölsa-da, manbalarga köra, Mujtabo köproq qaror qabul qiluvçi emas, balki ularni tasdiqlovçi şaxsga aylangan. Haqiqiy hokimiyat esa uruş davridagi boşqaruv tuzilmasiga ötgan bölib, uning markazida Milliy xavfsizlik oliy kengaşi turadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: