Opasini zörlab öldirganlikda ayblanayotgan uka hibsga olindi
29-04-2026, 15:36
753 марта

Opasini zörlab öldirganlikda ayblanayotgan uka hibsga olindi
Joriy yilning 27 aprel kuni AQŞda “Carnival Cruise” kemasida 16 yoşli ösmir 18 yoşli ögay opasini zörlab öldirganlikda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda ABC News xabar berdi.Malum bölişiça, 18 yoşli Anna Kepner 2025 yil noyabr oyida oilasi, jumladan, Xadson bilan “Carnival Horizon” kemasida sayohat qilgan. Kema Floridaga qaytişi rejalaştirilganidan cöng uning jasadi Xadson va boşqa bir ösmir bilan birga yaşagan xonadagi karavot ostidan topilgan.
Xabarga köra, Anna Kepnerning ölimiga mexanik asfiksiya, yani biror narsa yoki jismoniy kuç yordamida nafas olişning töxtatib qöyilişi sabab bölgani aniqlangan. Kepnerning otasi Kristofer Kepner bu böyiça bayonot berib, oila haqiqatni ehtiyotkorlik va halollik bilan izlaş uçun adliya tizimiga işonayotganini aytgan.
AQŞ okrug sudyasi Bet Blumning joriy yil 27 aprel kuni çiqargan qaroriga köra, Timoti Xadsonning (birinçi darajali qotillik va oğirlaştiruvçi jinsiy zöravonlik ayblovlari böyiça) sud jarayoni 1 iyun kuni Mayamida boşlanadi.
Qayd etilişiça, 16 yoşli ösmir dastlab voyaga yetmagan sifatida ayblangan. Gumonlanuvçi ötgan haftada aybsizligini yozma ravişda tan olgan. Şuningdek, voyaga yetmaganlar federal sudda kamdan kam hollarda jinoiy javobgarlikka tortilişi takidlangan.
Malumot uçun, Anna Kepner Orlandodan taxminan 65 kilometr şarqda joylaşgan Florida ştati Taytusvill şahridagi Templ Xristian (Temple Çristian Sçool) maktabida öqigan. U örta maktabda "çirlider" (quvnoqlar lideri) bölgan.