USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Tramp va Putin telefon orqali gaplaşdi

180 марта

Tramp va Putin telefon orqali gaplaşdi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQŞ yetakçisi Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlaşdi. Bu haqda Rossiya Prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov jurnalistlarga malum qildi.

Uning sözlariga köra, Tramp yaqinda Rossiya tomonidan elon qilingan Pasxa otaşkesimini ijobiy baholagan. Şu munosabat bilan Vladimir Putin amerikalik hamkasbini Ğalaba bayrami, yani 9 may kuni ham otaşkesim elon qilişga tayyorligi haqida xabardor qildi.


Yuriy Uşakovning qöşimça qilişiça, respublikaçi siyosatçi bu taşabbusni faol qöllab-quvvatlagan va mazkur bayramni “Ikkinçi jahon uruşida natsizm ustidan erişilgan umumiy ğalaba ramzi” deb atagan.
Ötgan yili Ğalabaning 80 yilligi munosabati bilan Putin 8 may yarim tundan 11 may yarim tungaça otaşkesim elon qilgan edi. Biroq Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitry Peskov Moskva Kiyev tomonidan “haqiqiy öt oçişni töxtatiş” kuzatilmaganini bildirgan.

Bir yarim soatdan ortiq davom etgan telefon suhbatida Putin Trampga harbiy operatsiya hududidagi vaziyat haqida ham malumot bergan. Uning aytişiça, Rossiya qöşinlari Ukraina Qurolli kuçlarini siqib çiqarmoqda.

Uşakovning takidlaşiça, tomonlar Kiyev Yevropa davlatlari qöllovi bilan mojaroni çözişga harakat qilmoqda, degan fikrda yakdil bölgan.

Şunga qaramay, Tramp Ukrainadagi mojaroni yakunlaydigan kelişuv yaqin ekaniga işonmoqda. Vladimir Putin esa suhbat davomida harbiy operatsiya maqsadlariga baribir erişilişini takidlagan.
Tomonlar boşqa siyosiy masalalarni ham muhokama qilgan, jumladan AQŞ va Eron örtasidagi keskinlik. Putin otaşkesim rejimini uzaytiriş tarafdori ekanini bildirib, bu vaziyatni barqarorlaştirişga yordam berişini aytgan.

Şuningdek, u 25 aprel kuni Waşington Hilton mehmonxonasida Trampga qarşi uyuştirilgan suiqasd urinişini qoralab, respublikaçi siyosatçini qöllab-quvvatlaşini bildirgan.

Putin va Tramp oxirgi marta 2025 yil 28 dekabr kuni telefon orqali muloqot qilgan edi. Yuriy Uşakovning aytişiça, öşa suhbat “döstona, ijobiy va işçan ruhda” ötgan hamda tomonlar Ukraina mojarosini uzoq muddatli tartibga solişga özaro qiziqiş bildirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: