AQŞda maktabga hujum: 6 kişi jarohatlandi
1-05-2026, 12:17
99 марта

AQŞda maktabga hujum: 6 kişi jarohatlandi
AQŞning Takoma şahridagi maktabda sodir bölgan hujum oqibatida olti kişi – beş nafar öquvçi va bir qöriqçi piçoqlandi. Bu haqda yonğin xizmati malumotlariga tayanib, “New York Post” xabar berdi.Naşrga köra, tört nafar öquvçi oğir ahvolda. MultiCare şifoxonasi vakili bir neçta öquvçi olib kelinganini tasdiqlagan, biroq ularning holati haqida izoh berişdan boş tortgan.
FOX 13 Seattle malumotiga köra, gumondor qölga olingan.
Takoma politsiyasi vakili ofitser Şelbi Boydning aytişiça, hodisa 30 aprel kuni kunduzgi vaqtda maktab hududida yuz bergan. Gumondor – öquvçi bölib, u ham hayot uçun xavfli bölmagan jarohatlar olgan.
Maktab vakili “New York Times”ga bergan bayonotida talim muassasasi vaqtinça yopilganini, ota-onalar farzandlarini olib ketiş uçun kelganini malum qilgan.