Ukrainadagi masjid hujumga uçradi
1-05-2026, 12:33
41 марта

Ukrainadagi masjid hujumga uçradi
Joriy yilning 28 aprel kuni Ukrainaning Lvov şahrida nomalum şaxs masjidga öt qöyişga urindi. Bu haqda şahar politsiyasi xabar berdi.Qayd etilişiça, hodisa Pivdenniy savdo markazi hududidagi masjidda yonğin çiqqani haqida 102 maxsus liniyasiga xabar kelib tuşgan.
Huquq-tartibot organlarining dastlabki malumotlariga köra, nomalum şaxs masjid binosiga yonuvçi aralaşma solingan ikki şişa uloqtirgan va voqea joyidan qoçib ketgan.
Şişalardan biridagi suyuqlik yonib ketgan, biroq masjid xodimlari olovni öçirişgan.
Qrim musulmonlari diniy boşqarmasi uşbu hodisani diniy adovatni qözğatişga qaratilgan, ataylab uyuştirilgan provokatsiya deb baholagan.
Hozirda, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, hodisa guvohlari va körgan-bilganlar aniqlanmoqda. Şuningdek, jinoyatçining şaxsini aniqlaş böyiça çoralar körilmoqda.
Huquq-tartibot idoralari uşbu holat yuzasidan Ukraina Jinoyat kodeksining 194-moddasi 2-qismi (Mulkni qasddan yöq qiliş yoki şikastlaş) asosida jinoyat işi qözğatgan. Dastlabki tergov davom etmoqda.