Ozarbayjon parlamenti Yevropa parlamenti bilan munosabatlarni töliq töxtatdi
2-05-2026, 12:35
50 марта

Ozarbayjon parlamenti Yevropa parlamenti bilan munosabatlarni töliq töxtatdi
Keça, 1 may kuni Ozarbayjon parlamenti – Milliy Majlis Yevropa parlamenti bilan munosabatlarni töliq töxtatganini elon qildi. Bu haqda “Azertac” xabar berdi.Baku rasmiylariga köra, bunga sabab Yevropa parlamentining “anti-Ozarbayjon faoliyati” hamda konstruktiv muloqotning yöqligidir. Ozarbayjon tomonining fikriça, Yevropa parlamenti destruktiv pozitsiya (vaziyatni yaxşilaş örniga yomonlaştiradi) tutmoqda, xalqaro huquq normalarini etiborsiz qoldirmoqda va qariyb 30 yil davom etgan hududlar okkupatsiyasi, vayronagarçiliklar hamda bir milliondan ortiq majburiy köçirilgan şaxslar taqdiriga befarq bölgan.
Şuningdek, Yevropa Ittifoqi – Ozarbayjon qömitasi va Yevronest Parlament Assambleyasi kabi hamkorlik formatlari mamlakat içki işlariga bosim va aralaşuv vositasi sifatida işlatilgani takidlangan.
Yevropa parlamenti – bu Yevropa Ittifoqining asosiy taşkilotlaridan biri bölib, u yerda turli davlatlardan saylangan deputatlar işlaydi. Ular qonunlar qabul qiladi, muhim qarorlar çiqaradi va Yevropa Ittifoqi siyosatini şakllantirişda qatnaşadi.
Ozarbayjon bu parlament bilan aloqani şunçaki muloqot va hamkorlik uçun olib borgan. Masalan, siyosiy muloqotlar qiliş, iqtisodiy masalalarni muhokama qiliş, savdo va energetika böyiça kelişuvlar tuziş uçun.
Şuningdek, bu aloqalar orqali ikki tomon bir-birining tajribasini örganişi va munosabatlarni yaxşilaşi közlangan.