USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Nyu-York milliarderlari Mamdaniga qarşi çiqdi

128 марта

Nyu-York milliarderlari Mamdaniga qarşi çiqdi

Nyu-Yorkning eng boy aholisi şahar meri Zohran Mamdaniga qarşi çiqdi. Bunga sabab – qiymati 5 million dollardan yuqori bölgan ikkinçi uy-joylarga yangi soliq joriy etiş taşabbusi böldi. Bu haqda “Bloomberg”xabar berdi.

Mazkur soliq milliarder Ken Griffinga tegişli haşamatli pentxaus bilan boğliq holat ortidan yanada keskinlaşdi. Dastlab meriya bayonotida xaridor notöğri körsatilgan, keyin esa bu uy-joy Citadel LLC asosçisi Griffin tomonidan sotib olingani aniqlangan.

Yangi soliq taşabbusi Nyu-York ştati gubernatori Keti Xokul bilan birga ilgari surilgan. Uning maqsadi – şahar byudjetini töldiriş va ijtimoiy tengsizlikni kamaytiriş. Biroq bu ğoya boylar hamda Prezident Donald Tramp tomonidan keskin tanqid qilingan.


Naşrning yozişiça, hatto Demokratlarga yaqin bölgan milliarderlar ham Mamdani siyosatidan norozi. Ularning fikriça, muammo faqat soliqda emas, balki merning ayrim tadbirkorlarga nisbatan şaxsiy tanqidlarida ham.

Griffinning kompaniyasi – Citadel LLC Nyu-Yorkdagi Park-avenyuda rejalaştirilgan yirik quriliş loyihasidan voz keçişi mumkinligini ham bildirilgan. Uşbu loyiha 4,5 milliard dollar daromad keltirişi, 6200 ta quriliş iş örni va 15 mingdan ortiq doimiy iş örni yaratişi kutilayotgan edi.

Lloyd Blankfein va Ken Langone kabi yirik biznes vakillari Griffin tarafini olib, uning şaharga investitsiya va iş örinlari olib kirayotganini takidlagan.

Şu bilan birga, sörov natijalariga köra, Zohran Mamdani aholining keng qatlamlari orasida hanuz maşhur: faoliyatining ilk 100 kunida 48 foiz respondent uning işini maqullagan.
Malumotlarga köra, yangi soliq orqali şahar byudjetiga yiliga taxminan 500 million dollar tuşum kiritiş rejalaştirilmoqda. Mablağlar bepul avtobuslar va maktabgaça talim kabi ijtimoiy dasturlarni kengaytirişga yönaltiriladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: