Nyu York meri lavozimining birinçi kunidayoq Isroilni qöllab-quvvatlovçi farmonlarni bekor qildi
4-01-2026, 08:09
235 марта

Nyu York meri lavozimining birinçi kunidayoq Isroilni qöllab-quvvatlovçi farmonlarni bekor qildi
Nyu Yorkning yangi meri Zoran Mamdani öz lavozimining birinçi kunidayoq sobiq mer Erik Adamsning bir qator körsatmalarini bekor qiluvçi farmonni imzoladi. Bekor qilingan çoralar orasida avvalgi merning Isroilga xayrixoh farmoyişlari ham bor.Farmon matniga köra, 2024 yilning 26 sentyabridan 2025 yil 31 dekabrgaça imzolangan va amalda bölgan barça farmoyişlar bekor qilinadi. Ilgarigi ijro buyruqlari, agar ular alohida özgartirilmagan yoki bekor qilinmagan bölsa, öz kuçini saqlab qoladi. Hozirda amalda bölgan favqulodda farmoyişlarga bu qaror taalluqli emas.
Bekor qilinganlar orasida ötgan oyda şahar idoralariga Isroilni boykot qiliş yoki undan aktivlarni çiqarib olişni taqiqlovçi farmon ham bor. Iyun oyida qabul qilingan yana bir bekor qilingan körsatma antisemitizmning keng tarifini qöllab-quvvatlab, Isroilni tanqid qilişning ayrim şakllarini antisemitizm sifatida tasniflar edi. Ammo Mamdani oldingi mamuriyat taşkil etgan antisemitizmga qarşi kuraş idorasini tugatmagan.
The New York Times gazetasining xabar berişiça, Nyu York fuqarolik erkinliklari ittifoqi taşkiloti direktori Donna Liberman bekor qilingan farmoyişlar avvalgi mer qöşilmagan nuqtai nazarlarni çeklaşga qaratilgan sönggi çoralar bölib tuyulganini bildirgan. U yangi mamuriyatning ularni bekor qiliş qarori kutilmagan hodisa bölmaganini qöşimça qilgan.
1 yanvar kuni Nyu York tarixida ilk bor saylangan mer Zohran Mamdani lavozimiga kirişiş oldidan Quron bilan qasamyod qildi.