Sobiq prezident barça davlat mukofotlaridan mahrum etildi
29-12-2025, 10:04
652 марта

Sobiq prezident barça davlat mukofotlaridan mahrum etildi
Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev barça davlat mukofotlaridan mahrum etildi. Bu haqdagi farmonni bugun, 29 dekabr kuni Qirğiziston Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov imzoladi.Malum qilinişiça, Japarov Bişkek şahrining Birinçi may tuman sudi 3 iyundagi hukmini ijro etiş maqsadida uşbu farmonni imzolagan.
Farmon Qirğiziston Respublikasining “Davlat mukofotlari, faxriy unvonlari töğrisida”gi qonunining 27-moddasi 1, 2 va 4-qismlari hamda Qirğiziston Konstitutsiyasining 71-moddasiga muvofiq qabul qilingan.
Unga köra, Almazbek Atamboyev Qirğiziston Respublikasining quyidagi davlat mukofotlaridan mahrum etilgan:
Qirğiziston Respublikasining eng oliy mukofoti – “Qirğiz Respublikasining Qahramoni” unvoni, “Manas” ordenining II darajasi, “Danaker” ordeni va “Dank” medali.
Şuningdek, Atamboyevni uşbu mukofotlar bilan taqdirlaşga oid bir qator prezident farmonlari haqiqiy emas deb topilgan. Jumladan, 1999 yil 22 apreldagi “Dank” medali bilan taqdirlaş töğrisidagi farmon, 2007 yil 27 noyabrdagi “Danaker” ordeni bilan taqdirlaş haqidagi farmon, 2011 yil 30 noyabrdagi davlat va jamoat arboblarini mukofotlaşga oid farmonning tegişli bandi hamda 2017 yil 27 noyabrdagi “Qirğiz Respublikasining Qahramoni” unvonini beriş töğrisidagi farmon bekor qilingan.
Boş prokuratura huzuridagi sud ijroçilari xizmatiga belgilangan tartibda Atambayevdan davlat mukofotlari va ularga oid hujjatlarni olib qöyib, keyinçalik davlat mukofotlari fondiga topşiriş çoralarini köriş topşirilgan.
Mazkur farmon imzolangan kundan boşlab kuçga kirgan.