Germaniya Isroilga qurol sotiş çeklovini bekor qildi
18-11-2025, 14:24
137 марта

Germaniya Isroilga qurol sotiş çeklovini bekor qildi
Germaniya hukumati Isroilga Ğazo sektorida foydalanişi mumkin bölgan qurol yetkazib beriş böyiça taqiqni bekor qildi. Bu haqda “Deutsçe Welle” xabar berdi.Malumotlarga köra, Isroilga mamlakat armiyasi Ğazo sektorida foydalanişi mumkin bölgan qurol yetkazib berişga qöyilgan taqiqni bekor qilgan. Hukumat matbuot kotibi Stefan Korneliusning sözlariga köra, qaror joriy yilning 24 noyabr kuni kuçga kiradi.
“Isroil va HAMAS örtasida sulh sönggi haftalarda barqarorlaşdi. Şu bilan birga, Germaniya hukumati qurol yetkazib beriş uçun har bir arizani maqullamaydi, lekin qurol eksportining har bir holatini alohida körib çiqişga qaytadi”, deya qöşimça qilinadi xabarda.