Britaniya Isroilga qurol sotişda rekord körsatkiçga erişdi
8-10-2025, 12:55
86 марта

Britaniya Isroilga qurol sotişda rekord körsatkiçga erişdi
Buyuk Britaniya 2025 yilda Isroilga qurol-aslaha sotişda rekord körsatkiçga erişdi. Bu haqda “Çannel 4” naşri malum qildi.Qayd etilişiça, yilning dastlabki töqqiz oyida London Tel-Avivga taxminan 1 million funt sterling (qariyb 1,2 million yevro)lik harbiy mahsulot sotgan. Bu raqam avvalgi yillardagi körsatkiçlardan deyarli ikki baravar yuqori bölib, ayni damda Britaniyaning Isroilga qurol eksporti rekord darajaga çiqqan. Ayniqsa, iyun oyida 400 ming funtlik, sentyabrda esa 310 ming funtlik savdo amalga oşirilgan – bu ikki oy oxirgi yillarda eng köp qurol sotilgan davr bölgan.
Sotilgan mahsulotlar orasida bomba, granata, torpedo, raketa va öq-dorilar mavjud. Avgust oyida 150 ming funtlik eksport amalga oşirilgan bölib, şundan 20 ming funtlik qismini öqlar taşkil etgan. Şuningdek, uşbu qurollar kimga sotilgani yoki ular boşqa davlatlarga qayta sotilganmi yöqmi, bu haqda aniq malumotlar yöq.
“Mahsulotlar Ğazodagi mojaro kuçayişiga xizmat qilmasligi uçun barça çora-tadbirlarni körmoqdamiz”Britaniya hukumati bu borada munosabat bildirar ekan, quyidagilarni takidlagan:
“Biz Ğazo yoki Iordan daryosining Ğarbiy Sohilidagi harbiy amaliyotlarda foydalanilişi mumkin bölgan bomba yoki öq-dorilarni Isroil armiyasiga sotmaymiz. Malumotlarda keltirilgan mahsulotlar asosan fuqarolik maqsadlarida foydalaniladi. Yoki ular Isroil tomonidan qayta sotilgan bölişi mumkin. Qurol eksporti borasida nazorat tizimimiz juda qatiy va mahsulotlar Ğazodagi mojaro kuçayişiga xizmat qilmasligi uçun barça çora-tadbirlarni körmoqdamiz”.Isroil tomoni esa soliqqa oid qonunlar sababli qöşimça tafsilotlarni oçiqlay olmasligini bildirgan. Yahudiylarning bayonotida takidlanişiça, sotilgan mahsulotlar öq-dori yoki qurol emas.