Dunyoda kokain istemoli tarixdagi eng yuqori darajaga yetdi – BMT
27-06-2025, 13:26
147 марта

Dunyoda kokain istemoli tarixdagi eng yuqori darajaga yetdi – BMT
2023 yilda dunyo böylab 3,7 ming tonnadan ortiq kokain işlab çiqarildi va tarixdagi rekord körsatkiçga yetdi. Uşbu raqam 2022 yilga (2,45 ming tonna) nisbatan 34 foizga köp. Bu haqda Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi (UNODC) hisobotida keltirilgan.Unga köra, 2023 yilda dunyo böyiça rekord darajada – 2 275 tonna kokain musodara qilingan, bu 2019-2023 yillar orasidagi körsatkiçlarga qaraganda 68 foiz köproq. Kokain istemolçilari soni 2013 yilda 17 million bölgan bölsa, 2023 yilda 25 million kişiga yetgan.
Şuningdek, hisobotda aytilişiça, kokainni aholi jon boşiga eng köp istemol qiluvçi hududlar Avstraliya va Yangi Zelandiya hisoblanadi. 2023 yilda mazkur ikki mamlakatda 15 dan 64 yoşgaça bölgan aholining taxminan 3 foizi kokain istemol qilgan. Bu körsatkiç Amerikadagi darajadan deyarli ikki barobar, Yevropadagidan esa uç barobarga yaqin yuqori. Ammo mutlaq raqamlarda eng köp istemolçilar AQŞda.
BMT hisob-kitoblariga köra, dunyoda eng köp tarqalgan giyohvand modda – bu kannabis (marixuana) bölib, uni 244 million kişi istemol qiladi. Keyingi örinlarda opioidlar (61 mln), amfetaminlar (30,7 mln), kokain (25 mln) va ekstazi (21 mln) turibdi.
Umuman olganda, 2023 yilda Yer yuzidagi 15-64 yoşdagi aholining 6 foizi (316 million kişi) giyohvand moddalar istemol qilgan. 2013 yilda bu körsatkiç 5,2 foiz bölgan.
Hisobotga köra, 2023 yilda giyohvandlik bilan boğliq muammolarga ega har 12 kişidan atigi bittasi zarur tibbiy yordam olgan.