Eronda yana 3 kişi josuslikda ayblanib qatl etildi
2-05-2026, 20:27
111 марта

Eronda yana 3 kişi josuslikda ayblanib qatl etildi
Bugun, 2 may kuni Eron şimoli-ğarbidagi Ğarbiy Ozarbayjon viloyatida Isroil rejimining “Mossad” razvedka xizmatiga josuslik qilgan Yoqub Karimpur va Nosir Bekarzodalar qatl etildi. Şuningdek, Isfahon viloyati markazidagi Natanz yadroviy poligoni yaqinida razvedka malumotlarini töplaşda ayblangan bir kişiga nisbatan çiqarilgan ölim hukmi ijro etilgan. Bu haqda Eron Oliy sudi xabar berdi.Eron Oliy sudining bayonotiga köra, mahkumlarga çiqarilgan dastlabki hukm öz kuçida qoldirilgan xamda qonuniy jarayonlar yakunlanganidan söng ijro etilgan. Hukm bugun, 2 may kuni erta tongda osib öldiriş orqali amalga oşirilgan.
Iş hujjatlariga köra, Karimpur va Bekarzoda 2025 yil iyul oyida AQŞ va Isroilning Eronga qarşi 12 kunlik bosqini davrida “Mossad” xodimi bilan faol aloqada bölgan va undan kriptovalyutalar evaziga Eronning bir qator nozik manzillari va aniq şaxslar haqidagi maxfiy malumotlarni yetkazib turgan.
“Ular “Mossad” zobitidan bombalarni yasaş böyiça puxta talim olgan va öz qöllari bilan bir neçtasini yasab, ularni belgilangan joylarda portlatişga muvaffaq bölgan. Bundan taşqari, mahkumlar öz boşqaruvçilariga portlatilgan joylarning tasvirlari va videolarini ham yuborib turgan. Videoyozuvlar keyinçalik Isroil tomonidan moliyalaştiriladigan “Iran International” axborot kanalida Erondagi siyosiy vaziyatni beqaror holatda körsatiş uçun muntazam ravişda efirga uzatib kelingan”, deyiladi Eron Oliy sudining rasmiy bayonotida.Bundan taşqari, Karimpur jinoiy guruhlarga Karaj va Maşhad şaharlarida tölov evaziga bankomatlarga öt qöyiş kabi qöporuvçilik harakatlarini amalga oşirişni topşirgan.
Şuningdek, Eron xavfsizlik kuçlari josuslar Isroil razvedka xizmatiga Tehron markazidagi Natanz uranni boyitiş zavodi va mamlakatning muhim kompleksarining joylaşuvi va fotosuratlarini hamda bazi hokimiyat organlari, diniy ulamolar va mahalliy amaldorlar bilan boğliq malumotlarni taqdim etganini aniqlagan.