Britaniyada Falastin uçun namoyişlar ötkaziş çeklanişi mumkin
3-05-2026, 07:41
46 марта

Britaniyada Falastin uçun namoyişlar ötkaziş çeklanişi mumkin
Buyuk Britaniyada ayrim Falastin tarafdorlarining namoyişlari taqiqlanişi va “globalise the Intifada” iborasini işlatganlar javobgarlikka tortilişi mumkin. Bu haqda mamlakat Boş vaziri Kir Starmer BBC telekanaliga bergan intervyusida aytib ötgan.Starmer Falastin tarafdorlari namoyişlarida qöllaniladigan şiorlarga nisbatan qatiyroq çeklovlar joriy etişni qöllab-quvvatlaşini bildirgan.
“Men söz erkinligi va tinç namoyişlarning katta himoyaçisiman, lekin “globalise the Intifada” kabi şiorlarni mutlaqo qabul qilib bölmaydi. Bu borada, albatta, yanada qatiy çoralar körilişi kerak”, degan u.Starmerning aytişiça, qöşimça çoralar haqida politsiya bilan malum vaqtdan beri muhokamalar olib borilmoqda. Ayrim mitinglarni töliq taqiqlaş masalasiga töxtalib, u bazi hollarda bu töğri qaror bölişini aytgan. Starmer uşbu iborani hafta boşida öta keskin irqçilik deb atagan va uni işlatganlar jinoiy javobgarlikka tortilişi kerakligini bildirgan. London Metropoliten politsiyasi komissari ser Mark Rouli ham BBC’ga bergan intervyusida bu iborani işlatganlar ehtimol qölga olinişi mumkinligini aytgan. Bu şiorni qöllab-quvvatlovçilar uni Falastin tarafdorlari harakatini global miqyosga kengaytirişga çaqiriq sifatida tuşuntirişadi.
Oxirgi paytlarda Britaniya hukumati Isroilning Ğazodagi uruşi fonida Falastin tarafdorlari faoliyatiga bosim ötkazayotgani uçun bir neça bor tanqid qilinyapti. Ötgan oy Londonda “Palestine Action” harakatiga qöyilgan taqiqqa qarşi ommaviy yiğilişda 500 dan ortiq kişi qölga olingandi.