Hindistondagi bayram paytida fil 1 kişini bosib öldirdi
3-05-2026, 19:52
94 марта

Hindistondagi bayram paytida fil 1 kişini bosib öldirdi
Hindistonning Kerala ştatida ibodatxona bayrami vaqtida fil zanjirdan çiqib ketib, tartibsizlik uyuştirdi va bir erkakni bosib öldirdi. Bu haqda “The Sun” xabar berdi.Hodisa Angamali hududidagi ibodatxona yaqinida sodir bölgan. Fil marosim uçun olib kelingan, biroq kutilmaganda tajovuzkor holatga ötgan.
Halok bölgan şaxs 40 yoşli Vişnu bölib, aynan u filni ibodatxonaga olib kelgan. Yana bir erkak – Pradip jarohat olib, şifoxonaga yetkazilgan.
Hujum vaqtida fil avtomobillar va skuterlarni ağdarib taşlagan, tartibsizliklar qariyb ikki soat davom etgan. Oxir-oqibat hayvon tinçlantiruvçi vositalar yordamida uxlatilib, ibodatxona yaqinidagi daraxtga boğlab qöyilgan.