48 yoşli erkak xotinini soxta YTH orqali öldirdi
24-02-2026, 22:20
481 марта

48 yoşli erkak xotinini soxta YTH orqali öldirdi
Italiyaning Puliya hududida 48 yoşli fermer öz rafiqasini avval boşiga qattiq jism bilan urib, söng tiriklayin avtomaşina içida yoqib yuborgani gumon qilinmoqda. Hodisa 2024 yil 27 sentyabr kuni San-Severo şahri yaqinida sodir bölgan. Şubhali şaxs politsiyaga qönğiroq qilib, buni yöl-transport hodisasi deb körsatişga uringan. Bu haqda ANSA yozdi.Tergov malumotiga köra, 47 yoşli ayol avval huşidan ketkazilgan, keyin esa oilaviy Fiat 500 avtomobiliga öt qöyilgan. Qotillikda işlatilgan qurol topilmagan.
Sud-tibbiy ekspertiza ayol yonğin paytida tirik bölganini körsatgan – uning öpkasida uglerod oksidi izlari aniqlangan. Bu esa yonğin vaqtida nafas olganini tasdiqlaydi. Gumonlanuvçi oldindan rejalaştirilgan qotillik aybi bilan hibsga olingan va tergov davom etmoqda.