Zelenskiy Rossiya taklifiga “sukut rejimi” bilan javob qaytardi
5-05-2026, 16:10
62 марта

Zelenskiy Rossiya taklifiga “sukut rejimi” bilan javob qaytardi
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaning taklifiga javoban 6 maydan boşlab “sukut rejimi” joriy etilişini elon qildi. Bu haqda u özining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.Zelenskiyning sözlariga köra, Rossiya uçun uruşni tugatiş vaqti keldi, çunki Rossiya öz hududida ötkaziladigan parad uçun endi Ukrainaning qarorlariga qarab harakat qilmoqda.
“Biz inson hayotini har qanday “bayram” yoki yubileydan ança ustun qadriyat deb bilamiz. Şu munosabat bilan 5 maydan 6 mayga ötar keçasi soat 00:00 dan boşlab sukunat rejimi joriy etiladi. Şu vaqtdan boşlab biz ham zerkal tarzda harakat qilamiz. Rossiya rahbarlariga öz uruşini yakunlaş uçun real qadamlar qöyiş vaqti keldi, agar ularning Mudofaa vazirligi Moskvadagi paradni Ukraina qarorlarisiz ötkaza olmasligini tan olsa”, deya yozgan Zelenskiy.
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin aprel oyi oxirida Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda birinçi bor Ğalaba kuni munosabati bilan öt oçişni töxtatiş ehtimolini aytgan edi. Ukraina hozirça bu taklifga rozilik bildirmagan. Kreml esa Kiyev roziligi majburiy emasligini, bu Putinning qarori ekanini va u amalga oşirilişini takidlagan.
Zelenskiy 30 aprel kuni bu masalaga izoh berib, Ukraina bir neça soatlik emas, balki uzoq muddatli öt oçişni töxtatişdan manfaatdor ekanini aytgan.
4 may kuni u Moskvadagi paradning qisqartirilgan formatda – harbiy texnikasiz ötkazilişi Rossiya hokimiyatining ukrain dronlaridan qörqayotganini körsatişini bildirgan.
“Ular harbiy texnikani namoyiş eta olmaydi, çunki dronlarimiz Qizil maydon ustida parvoz qilişi mumkinligidan qörqişyapti. Bu ular kuçli emasligini namoyon etadi”, degan Zelenkiy.