USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼ USD: 12,023 söm ▼ EUR: 13,461 söm ▲ RUB: 149 söm ▼ GBP: 16,146 söm ▲ CNY: 1,807 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 241 söm ▼ AED: 3,274 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Afğonistonda har soatda bir ona vafot etadi — JSST

106 марта

Afğonistonda har soatda bir ona vafot etadi — JSST

Manba: WHO
Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Afğonistondagi vaziyat böyiça hisobot elon qildi. Unga köra, mamlakatda har soatda bir nafar ona oldini oliş mumkin bölgan asoratlar tufayli hayotdan köz yummoqda.

5 may — Xalqaro akuşerlar kuniga bağişlangan bayonotda aytilişiça, Afğonistonda onalar ölimi körsatkiçi hamon dunyodagi eng yuqori darajada qolmoqda. Har 100 ming tirik tuğuruqqa 521 ta ölim holati töğri keladi.


Ölimga, asosan, davolaş mumkin bölgan holatlar sabab bölmoqda. Bularga qon ketişi, gipertenziya (qon bosimi oşişi), infektsiyalar va tuğuruq jarayonining qiyin keçişi kabi holatlar kiradi. JSSTning qayd etişiça, yuqoridagi holatlardan yaşab qolgan ayollarda ham salomatlik bilan boğliq uzoq muddatli va oğir oqibatlar saqlanib qoladi.
Ijobiy özgarişlar
2000 yillarning oxiridan boşlab mamlakatda ayollar va bolalar salomatligi borasida malum siljişlar kuzatilgan. Jumladan, tuğuruqqaça bölgan tibbiy yordam qamrovi 31 foizdan 76 foizga yetgan. Malakali mutaxassislar iştirokidagi tuğuruqlar uluşi 24 foizdan 67 foizga oşgan.
Bolalar ölimi körsatkiçi sezilarli kamaydi, xususan, 2000 yilda har 1000 nafar çaqaloqdan 129 nafari vafot etgan. 2023 yilga kelib bu raqam 56 nafarni taşkil etdi. Biroq JSST uşbu ijobiy özgarişlar hamma joyda bir xil emasligini takidlamoqda. Qişloq va xizmat körsatiş darajasi past hududlardagi ayollar hamon katta xavf ostida qolmoqda.
Eng oğir asoratlardan biri — akuşerlik fistulasi (tuğruq oqmasi) bölib, u uzoq davom etgan qiyin tuğuruqlar oqibatida yuzaga keladi. Bu holat surunkali kasalliklarga va ijtimoiy yakkalanişga sabab böladi. Köp ayollar ixtisoslaşgan yordamdan bexabar yoki undan foydalana olmaydi.
Muammoni hal qiliş uçun JSST Islom taraqqiyot banki kömagida xizmatlar kölamini kengaytirmoqda:
1. Kobul va Qandahorda ikkita fistula davolaş markazi oçildi. U yerda jarrohlik amaliyoti va reabilitatsiya xizmatlari körsatiladi.
2. Dastur doirasida 300 nafar ayolga bevosita yordam beriladi. Şuningdek, 300 ming nafar reproduktiv yoşdagi ayol va qizlarga bilvosita foydasi tegadi.
3. Onalar va çaqaloqlarga yordam körsatişni yaxşilaş uçun 977 nafardan ortiq tibbiyot xodimi qayta tayyorlandi.
Xalqaro yordam zarur
“Heç bir ayol homiladorlik va tuğuruq paytida tibbiy yordamsiz qolmasligi kerak”, deydi JSSTning Afğonistondagi vakili Edvin Seniza Salvador.
Hozirda Afğoniston soğliqni saqlaş tizimi mablağ yetişmovçiligi, infratuzilma çeklovlari va boşqa tösiqlarga duç kelmoqda. Yordam guruhlari xalqaro qöllov töxtasa, erişilgan natijalar boy berilişi mumkinligidan ogohlantirmoqda.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: