Dunyoda vabo tufayli ölimlar soni oşdi – JSST
1-11-2025, 16:45
180 марта

Dunyoda vabo tufayli ölimlar soni oşdi – JSST
2025 yil 1 yanvardan 28 sentyabrgaça dunyo böyiça 518 328 ta vabo holati, jumladan, 6 508 ta ölim qayd etilgan. Bu haqda Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti xabar berdi.Qayd etilişiça, bu raqamlar 2024 yilgi körsatkiçdan oşib ketgan – ötgan yili vabodan 6 028 kişi vafot etgandi.
“1 yanvardan 28 sentyabrgaça JSSTning 5 mintaqasidagi 32 mamlakatda jami 518 328 ta vabo holati va 6 508 ta ölim qayd etildi”, deyiladi taşkilotning axborot byulletenida.
Unda qayd etilişiça, 28 sentyabr holatiga köra, ölimlar soni 2024 yilga nisbatan oşgan, 2024 yilda esa vafot etganlar soni 2023 yilga nisbatan 50 foizga köp bölgan. JSSTning qayd etişiça, “qurolli mojarolar, aholining majburiy köçişi, tabiiy ofatlar va iqlim özgarişi” vabo tarqalişini kuçaytirgan, ayniqsa, suv toşqinlariga uçragan, tibbiy yordamdan çekka hududlarda bu holat yanada oğirlaşgan.
Taşkilot malumotiga köra, 2025 yil sentyabrida dunyo böyiça 21 mamlakat, hudud va mintaqada jami 45 787 ta yangi vabo yoki ötkir iç ketiş holati aniqlangan. Bu avgust oyiga nisbatan 27 foizga kam. Şu oyda vabodan 601 kişi vafot etgan – bu ham oldingi oyga qaraganda 37 foizga kam. JSST şuningdek, “vabo böyiça malumotlar töliq emasligini”, ayniqsa beqaror siyosiy vaziyat yoki ekstremal ob-havo hodisalari kuzatilayotgan davlatlarda statistik malumotlar keçikayotganini malum qilgan.
2025 yilning töqqiz oyida Afğonistonda 133 mingdan ortiq, Yamanda 81 mingdan ortiq, Janubiy Sudanda 77 mingdan ortiq, Sudanda 69 mingdan ortiq, Kongo Demokratik Respublikasida (KDR) 56 mingdan ortiq, Angolada 29 mingdan ortiq, Pokistonda esa 14 mingdan ortiq vabo holati qayd etilgan. Şu davrda KDRda 1 713, Sudanda 1 653, Janubiy Sudanda 1 249, Angolada 809, Nigeriyada 244 va Yamanda 225 kişi vabodan vafot etgan.