“Ularni yaşirib bölmaydi”. Obama özga sayyoraliklar haqida gapirdi
7-05-2026, 10:22
477 марта

“Ularni yaşirib bölmaydi”. Obama özga sayyoraliklar haqida gapirdi
AQŞning sobiq prezidenti Barak Obamaning aytişiça, agar hukumat haqiqatan ham özga sayyoraliklar bilan uçraşganida, buni uzoq vaqt sir saqlab qololmas edi. Bu haqda u CBS telekanalidagi intervyusida aytib ötgan.Obamaning sözlariga köra, Vaşingtonda sirlarni saqlaş juda yomon yölga qöyilgan.
Sobiq prezidentning fikriça, aynan şu sababli agar “AQŞ hukumati nazoratidagi qandaydir narsa” haqiqatan ham topilgan, körilgan yoki suratga olingan bölsa, bu malumot ertami-keçmi nafaqat hukumatga, balki jamoatçilikka ham oşkor bölar edi.
“Qasam içaman, qaysidir qöriqçi allaqaçon biror özga sayyoralik bilan selfi qilib, uni sevgilisiga yuborgan bölardi”, degan Obama hazil aralaş.Yil boşida Obama podkastlardan birida ham özga sayyoraliklar mavjud bölişi mumkinligini aytgandi.
“Ular mavjud bölişi mumkin, lekin men ularni körmaganman. Ularni 51-hududda saqlaşmaydi”, degan edi u.51-hudud AQŞ Harbiy-havo kuçlarining juda maxfiy obekti sifatida tanilgan bölib, uning ustidagi havo hududi yopilgan.
Obama şuningdek, agar bu juda katta fitna bölmasa va malumot prezidentning özidan ham yaşirilmagan bölsa, heç qanday yerosti maxfiy bazasi yöqligini takidlagan.