USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Feyk” suratdan qonli qotillikkaça yoxud özga yurtdagi Qobiljon nega öldirildi?

4 611 марта

“Feyk” suratdan qonli qotillikkaça yoxud özga yurtdagi Qobiljon nega öldirildi?

Uşbu suratni saqlab qöyganimga bir oylar böldi. Boşqa manbalardan ham qidirib kördim. Hatto bu surat yolğon  malumot degan xabarni ham öqidim... 

Doimo boşqa xalqlarning Özbekiston haqidagi maqolalarini, postlarini, video çiqişlarini kuzatib boraman. Ayniqsa, sayohatçilarning Özbekiston va xalqimizning hayot tarzi, milliy ovqatlari, qadriyatlari haqidagi qiziqarli, ijobiy fikrlari millatimga bölgan faxrni oşiradi. Keyinçalik internet menga yurtimiz bilan boğliq boşqa mavzularni ham taklif qila boşladi. Ayniqsa, Rossiyada işlayotgan yurtdoşlarimiz yani muhojirlar bilan boğliq tarğibot-taşviqotga tölib ketgan postlarni, maqolalarni körib nahotki tarğibot postlar yoki maqolalarga bu mamlakatda şunçaki ruxsat berilsa, deb öylab qoldim. Maqolaning boşida takidlaganim saqlab qöygan surat yolğon yoki rostmi... bugun bu rasmdan ham köra xavotirliroq manzaraga duç kelib turibmiz. 

  
Muhojirlardan qörqiş kerakligi haqida juda köp postlarni öqidim.
Ularni suratini suniy intellekt orqali şu qadar qörqinçli va baçkanalaştirganki,har qanday muhojirlar bilan boğliq mavzularda bunday suratlarni izoh örnida yoki sarlavhaga olib çiqişi tabiiy hol.
 
Töğri, muhojirlar bilan boğliq jinoiy işlar ham uçrab turişi rost. Va bu jinoiy işlar rus mediasida köpirtirilib, vahima bilan taqdim qilinişi ham bor gap. Bu boşqa mavzu...
Kuni keça nimagadir, boşlanğiç sinfda öqiydigan tojik millatiga mansub öquvçini öldirgan ösmir keysi rus OAVlarida u qadar vahimali tarzda yoritilmayapti. 

Yuqorida körsatganim: “sanat darsida öquvçi qizaloq Rossiyaning duşmani çurkalar ekanligini çizibdi” xabari, mayli feyk, yolğon deylik, lekin şu feyk surat tagiga izoh yozgan ota-onalardagi alamzadalikni nima deb baholaş mumkin. Axir ular öquvçi tomonidan şunday surat çizilişi mumkinligiga işonişimiz kerakligini öz xatti-harakatlari bilan isbotlamayaptimi? Bu suratni kattalar “bu feyk, yolğon, sanat darsida öqituvçi bunday topşiriq bermagan bölardi” demayapti, balki, “yaşavor qizaloq, qizça töğri qilibdi”, deya izohlarda uni olqişlamoqda, motivatsiya bermoqda.

   

Demak, şunga öxşaş gaplar oilada ham aytiladi, yoş avlodda boşqa millat vakillariga, muhojirlarga nisbatan nafrat, ayirmaçilik uyğotadi... Mayli, muhojirlar haqida bunday surat çizilmagan ham deylik, “çurka” yozuvini feykligiga, u rasmni qizaloq çizmaganiga işondik ham deylik. Lekin bugungi voqea feyk emas-ku... Boşlanğiç sinf öquvçisi millati uçun qotillik qurboni bölgani rostku. Bu haqda negadir rus mediasida jimjitlik.
Maqolani yozib tugatiş asnosida telegram kanaliga duç keldim. 286 ming nafarga yaqin obunaçisi, tasavvur qiling 285 mingdan ortiq odamlar kuzatib boradigan uşbu kanalda piçoqlangan bolakay haqida post qöyilgan va uning ustidan oçiqçasiga “liçinka”, “çurka” deb mazaxlaşgan, kamiga suratiyam oçiq qöyilgan bolajonning.

Yanayam açinarlisi, “mamlakat bitta injenerdan, bitta olimdan quruq qoldi”, deb kulgu ostiga olingani. Va eng dahşatlisi, uşbu postga açingan, yiğlaganlardan ham köproq kulguli smayliklarning qöyilgani böldi.

Bu degani öşa mazaxlab kulgan kanal egasidan tortib uni qöllab-quvvatlayotganlar potentsial qotil degani emasmi, bunday kanallar, “muhitlar” qotillikni normallaşlirişga yöl oçmayaptimi?
 
Hozirgina öşa 300 mingga yaqin obunaçisi bor kanalda bolakayning qonga botgan videosi joylandi. Yana şunday kesatiqli fikrlar bilan post qöyilgan, mazmuni bularning bittaga kamaygani yaxşi böldi degan manoda...
Men sanat darsida qizaloq Rossiyaning duşmanini qanday tasavvur qilasan, degan suratga muhojirlarni piçoq bilan tasvirlangan suratini çizgani yolğon ekan, degan xabarning özi feykmasmikan deb öylab qoldim. Gapning oçiği qizaloq muhojirlarga katta nafrat bilan ösayotganiga va şunday surat çizişga qodirligiga mana şu kanalda yozilgan izohlar orqali işondim. Xuddi şunday surat çizişga, nafratini piçoq orqali isbotlaşga, ölgan muhojir bola ustidan kulişga, mazaxlaşga tayyor avlod yetişib çiqayotganini kördim. Bu esa qudratli mamlakatni iç-içdan yemiradigan eng katta falokatdir. Ayting-ayting, bu millat vaqti kelib muhojirlardan emas, öz farzandlaridan qörqadigan, qoçgani joy topa olmay qoladigan kunlar kelmasin...
                                                                                                           Barno Sultonova


Изоҳ қолдириш

    • Жахонгир 18 Dekabr 2025 09:22
      Ассалому алейкум аввалам бор айб ўзимизда ўзимиз бу ерларга келганмиз ўзимизда шундай имконият бўлганида сарсон бўлиб юрмасдик давлатимизни айбламоқчи эмасман шунчаки бадавлат одамларни фарзандлари келажаги учун берилган пораларни рал этишса эди бизни хам болаларимиз бир сохани эгаллаб бу ерларга келмас эди
    • Сардор 18 Dekabr 2025 09:42
      Узга юртларга бормасин одамлар ишга ким айбдор айникаса россияда тулиб кетган мигрантлар

Мавзуга алоқадор: