USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya xorijiy jurnalistlarning 9 may paradi akkreditatsiyasini bekor qildi

149 марта

Rossiya xorijiy jurnalistlarning 9 may paradi akkreditatsiyasini bekor qildi

Manba: AFP
Rossiya hukumati 9 may kuni Qizil maydonda ötkaziladigan paradga xorijiy jurnalistlar uçun yuborilgan taklifnomalarni bekor qildi. Tadbirda faqat sanoqli Rossiya ommaviy axborot vositalari vakillari iştirok etişi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti administratsiyasiga tayanib Spiegel xabar berdi.

“Paradni yoritiş formati mavjud vaziyatdan kelib çiqib özgartirildi. Şuning uçun akkreditatsiya qilingan xorijiy ommaviy axborot vositalariga endi ruxsat berilmaydi”, dedi Rossiya rasmiylari jurnalistlarga.
Taklifnomasi qaytarib olingan jurnalistlar Der Spiegel, ARD, ZDF (Germaniya), Sky(Buyuk Britaniya), AFP agentligi (Frantsiya), Rai(Italiya) va NHK (Yaponiya) teleradiokompaniyalarida işlaydi.
Avvalroq Rossiya rasmiylari Ğarb jurnalistlarining akkreditatsiyasini tasdiqlagan va ularga tadbirlar jadvalini yuborgan. Taklifnomalar qaçon yuborilgani va qaytarib olinganiga aniqlik kiritilmagan.
Uşakov: Rossiya paradga xorijiy mehmonlarni “maxsus ravişda” taklif etmadi
Bu yilgi parad sanoqlik xorijiy yetakçilar iştirokida bölib ötadi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yordamçisi Yuriy Uşakov buning sababini oçiqlamadi. Biroq 2025 yilda Ğalaba kunining 80 yilligi nişonlanganida paradda köplab xorijliklar iştirok etganini eslatdi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: