USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Rossiya 11 ta Yevropa davlati bilan harbiy şartnomalarni bekor qilmoqda

108 марта

Rossiya 11 ta Yevropa davlati bilan harbiy şartnomalarni bekor qilmoqda

Rossiya Mudofaa vazirligi 1992 va 2002 yillar oraliğida Rossiyaning bir neçta Yevropa mamlakatlari bilan tuzgan 10 ta harbiy hamkorlik şartnomasi va bitta tegişli memorandumni bekor qiliş uçun hukumat roziligini oldi. Buyruq keça, 19 dekabr kuni Rossiyaning rasmiy huquqiy axborot portalida elon qilindi.

Qayd etilişiça, Rossiya Mudofaa vazirligi bekor qilişi mumkin bölgan şartnomalar röyxatiga Germaniya, Polşa, Ruminiya, Daniya, Norvegiya, Niderlandiya, Xorvatiya, Belgiya va Çexiya kabi davlatlar bilan “harbiy hamkorlik” töğrisidagi şartnomalar, şuningdek, Rossiya va Buyuk Britaniya Mudofaa vazirliklari örtasida imzolangan memorandum kiradi.


Bekor qilinayotgan kelişuvlar Sovet Ittifoqi qulaganidan keyin örnatilgan va imzolovçilar örtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlikni tartibga soluvçi huquqiy asosning bir qismi bölgan.

2025 yil iyul oyida Rossiya Taşqi işlar vazirligi Rossiya va Germaniya örtasida 1996 yilda tuzilgan harbiy-texnik hamkorlik şartnomasining bekor qilinişini elon qilgan. Vazirlik Moskvaning bu harakatini şartnoma “öz manosi va amaliy ahamiyatini yöqotgan“ va “Rossiya-Germaniya davlatlararo munosabatlarining hozirgi holatiga mutlaqo zid” ekanligi bilan izohlagan.

Rossiya Taşqi işlar vazirligi bularning barçasida Germaniyani ayblagan va rasmiy bayonotining bir qismini Germaniya tomonini haqorat qilişga bağişlagan. Rossiyalik diplomatlarning sözlariga köra, Germaniya hukumati mamlakat aholisini qasddan Rossiyaga qarşi ruhda mafkuraviy tarzda tarbiyalayapti, tobora tajovuzkor militaristik intilişlarni amalga oşirmoqda va Berlin göyoki haddan taşqari taşqi siyosat ambitsiyalari bilan tölib-toşgan. 

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: