Tramp Rossiya va Ukraina örtasida 3 kunlik sulh elon qildi
9-05-2026, 12:23
44 марта

Tramp Rossiya va Ukraina örtasida 3 kunlik sulh elon qildi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya va Ukraina örtasida 9–11 may kunlari uç kunlik öt oçişni töxtatiş rejimi joriy etilişini malum qildi. Bu haqda u özining Truth Social tarmoğida yozib qoldirdi.“Men mamnuniyat bilan malum qilamanki, Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşda uç kunlik öt oçişni töxtatiş rejimi elon qilinadi – 9, 10 va 11 may kunlari. Rossiyada Ğalaba kuni nişonlanadi, ammo Ukrainada ham, çunki u ham Ikkinçi jahon uruşida muhim rol öynagan”, deya yozgan Tramp.Uning aytişiça, kelişuv barça jangovar harakatlarni töxtatişni, şuningdek, har ikki tomondan 1000 nafardan harbiy asir almaşinuvini ham öz içiga oladi.
“Bu iltimosni şaxsan özim bildirdim va Prezident Putin hamda Prezident Zelenskiyning roziligini yuqori baholayman”, deya qöşimça qilgan Oq uy rahbari.Tramp uşbu vaqtinçalik sulh “mojaroning yakuniga olib boruvçi boşlaniş” bölişiga umid bildirgan.
“Umid qilamanki, bu juda uzoq, qonli va oğir uruşning tugaşiga olib keladigan jarayonning boşlanişi böladi. Ikkinçi jahon uruşidan beri eng yirik mojaroni yakunlaş böyiça muzokaralar davom etmoqda va har kuni maqsadga yanada yaqinlaşyapmiz”, deya takidlagan Tramp.