Ukraina parad paytida Qizil maydonga hujum qilmaydi
9-05-2026, 12:25
190 марта

Ukraina parad paytida Qizil maydonga hujum qilmaydi
Ukraina Qurolli kuçlari 9 may kuni hujum qiliş mumkin bölgan nişonlar röyxatidan Moskvadagi Qizil maydonni çiqarib taşladi. Bu haqda Ukraina hukumatidagi manbasiga tayanib, RBK-Ukraina xabar berdi.Manbaga köra, Ukraina qolgan barça Rossiya hududlariga nisbatan reja asosida harakat qiladi, yani Rossiya tomoni öq uzmasa, Ukraina ham öq uzmaydi, Rossiya raketa uçirmasa, Ukraina ham zarba bermaydi.
“Biz oynadek javob qaytaramiz. Ular otmasa, biz ham otmaymiz. Ular raketa uçirmasa, biz ham uçirmaymiz”, degan naşr suhbatdoşi.Uning qöşimça qilişiça, Kiyev parad vaqtida “tinçlik rejimi”ga rozi bölganining asosiy sababi Rossiya asirligidagi ming nafar ukrainalik harbiyni qaytariş hisoblanadi.
Zelenskiyning mazkur farmoni 8 may kuni keçqurun Ukraina Prezidenti saytida elon qilingan. Hujjatda “2026 yil 8 may kuni Amerika tomoni bilan muzokaralarda muhokama qilingan gumanitar iltimoslarni inobatga olgan holda, 2026 yil 9 may kuni Moskva şahrida parad ötkazişga ruxsat beriladi”, deyilgan.
Şuningdek, farmonga muvofiq, Kiyev vaqti bilan 9 may soat 10:00 dan boşlab parad yakunlangunga qadar Qizil maydon Ukraina armiyasi zarbalari uçun taqiqlangan hudud deb belgilangan.
Bundan avval Rossiya Prezidenti Vladimir Putin AQŞ Prezidenti Donald Trampga 9 may munosabati bilan öt oçişni töxtatiş taklifini bildirgan, Rossiya Mudofaa vazirligi esa 8–9 may kunlari bir tomonlama öt oçişni töxtatiş rejimi joriy etilişini malum qilgan edi.
Kiyev esa öz navbatida 6 maydan boşlab alohida “tinçlik rejimi”ni taklif qildi, ammo Ukraina tomoniga köra, Rossiya hujumlarni davom ettirgan. Şundan söng Zelenskiy Putinni faqat parad xavfsizligi qiziqtirayotganini aytgan va yaqin vaqt içida javob qaytarilişini malum qilgan. U, şuningdek, xorijiy delegatsiyalarni 9 may kuni Moskvaga bormaslikka çaqirgan.