Rossiya Xalqaro jurnalistlar federatsiyasidan butunlay çiqarib yuborildi
10-05-2026, 05:41
136 марта

Rossiya Xalqaro jurnalistlar federatsiyasidan butunlay çiqarib yuborildi
Uyuşma bayonotida aytilişiça, taşkilotning çiqarib yuborilişiga rasmiy sabab sifatida RJUning 2022 yilda Ukrainaning Zaporoje va Xerson viloyatlarida öz bölimlarini oçgani körsatildi.
Rossiya jurnalistlar uyuşmasi bu qarorni “siyosiy sabablarga köra qabul qilingan va professional jihatdan asossiz” deb hisoblamoqda. Rossiya tomoni xalqaro taşkilotning uşbu qarori ustidan apellyatsiya bermoqçi emas.
Taşkilot rahbari Vladimir Solovyovning “RIA Novosti”ga malum qilişiça, RJUni federatsiyadan çiqariş qarori Parijda bölib ötgan XJF kongressida qabul qilingan.
Solovyovning sözlariga köra, Rossiya uyuşmasi kongressga taklif qilingan, biroq unda qatnaşmaslikka qaror qilgan. Rossiya tomoni öz pozitsiyasini xalqaro jurnalistik taşkilotlarga oldindan malum qilgan. Şuningdek, ular federatsiya ustav tamoyillari buzilayotganini ham takidlab ötgan.
Rossiya jurnalistlar uyuşmasining federatsiyadagi azoligi 2023-yildayoq töxtatib qöyilgandi. Öşanda bunga taşkilotning federatsiya maqsad va tamoyillariga zid harakatlari sabab qilib körsatilgan.
XJF öşanda Ukrainaning qöşib olingan hududlarida RJU bölimlarining oçilişi xalqaro jurnalistik birdamlik tamoyillarini buzişini va kasaba uyuşmalari birligiga putur yetkazişini bildirgandi. Federatsiya prezidenti Dominik Pradaliye bunday harakatlar taşkilotning asosiy qadriyatlariga zid ekanini takidlagan.