Eron AQŞning tinçlik taklifiga javobini Pokiston orqali yubordi — IRNA
11-05-2026, 07:11
128 марта

Eron AQŞning tinçlik taklifiga javobini Pokiston orqali yubordi — IRNA
Eron hukumati AQŞning mojaroga barham beriş böyiça taklifiga javobini pokistonlik vositaçilarga yölladi. Bu haqda öz manbalariga tayanib, Reuters agentligi xabar berdi.Malumotlarga köra, hozirgi bosqiçda muzokaralar faqat mintaqadagi uruşni töxtatiş masalasiga qaratiladi. Bundan taşqari Eron tomonining javobida mojaroga barham berişdan taşqari, Hormuz böğozida “kema qatnovi xavfsizligi” töğrisidagi bandlar ham mavjud.
Fors körfazi hududidagi keskinlikning yangi tölqini 7 may kuni keçqurun AQŞ va Eron örtasida özaro zarbalar almaşinuvi oqibatida yuz berdi. Eron davlat teleradiosi xabariga köra, bunga amerikalik harbiylarning Eron tankeriga hujumi sabab bölgan. Bunga javoban Islom Respublikasi Hormuz böğozi yaqinidagi Amerikaning uçta esminetsiga raketalar va kamikadze dronlar bilan hujum qilgan.
Öz navbatida, AQŞ Qurolli kuçlari Markaziy qömondonligi özining raketa esminetslariga hujum qilingani faktini tasdiqlab, Eron hududidagi harbiy obektlarga javob zarbalari berilganini malum qildi. Tramp esa tomonlar örtasidagi sulh öz kuçida qolişiga işontirgan. Al Jazeera telekanali pokistonlik diplomatik manbaga tayanib xabar berişiça, Pokiston tomoni Amerika Qöşma Ştatlari vakillariga javobni yetkazgan.
“Biz hozirgina Amerika tomoniga Eronning javobini topşirdik”, dedi telekanal suhbatdoşi.