Eron Hormuz böğozini yana yopib qöydi
19-04-2026, 10:40
92 марта

Eron Hormuz böğozini yana yopib qöydi
Keça, 18 aprel kuni Eron AQŞ tomonidan davom etayotgan dengiz blokadasi sabab Hormuz böğozi yana yopilganini malum qildi. Bu haqda IRNA xabar berdi.Malum qilinişiça, Eronning “Xatam al-Anbiyo” markaziy qömondonligi rasmiy vakili AQŞning dengizdagi harakatlari davom etayotgani sabab böğoz yana yopilganini bildirgan.
Uning sözlariga köra, Eron ilgari erişilgan kelişuvlarga amal qilgan holda va halol yondaşuv asosida Hormuz böğozi orqali çeklangan miqdordagi neft va savdo kemalarining nazorat ostida ötişiga ruxsat bergan. Biroq AQŞ yana “xiyonatkorlik” körsatib, blokada niqobi ostida dengizdagi noqonuniy harakatlarni davom ettirmoqda. Şu sababli Hormuz böğozi ustidan nazorat yana avvalgi qatiy holatga qaytarilgan va bu muhim strategik suv yöli Eron Qurolli kuçlari tomonidan qattiq nazorat ostiga olingan.
Şuningdek, qömondonlik vakilining takidlaşiça, AQŞ Eron tomon yöl olgan va Erondan çiqayotgan barça kemalar uçun töliq erkin harakatlanişni tiklamagunça, Hormuz böğozidagi vaziyat özgarmaydi va qatiy nazorat saqlanib qoladi.
Eslatib ötamiz, bundan bir kun oldin Eron Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi Hormuz böğozi tijorat kemalari uçun oçilganini malum qilgandi. Şundan söng AQŞ Prezidenti Donald Tramp Eron tomoniga minnatdorlik bildirib, post elon qilgan.