“Amerikaliklar sotqin”. Eron Hormuz böğozini yana yopib qöydi
18-04-2026, 16:22
240 марта

“Amerikaliklar sotqin”. Eron Hormuz böğozini yana yopib qöydi
Bugun, 18 aprel kuni Eron AQŞ tomonidan dengiz blokadasi davom ettirilayotgani sababli Hormuz böğozi qayta yopilganini elon qildi. Bu haqda IRNA xabar berdi.“Xatam al-Anbiya” markaziy qömondonligi rasmiy vakili AQŞ tomonidan dengiz blokadasi davom etayotgani munosabati bilan Hormuz böğozi qayta yopilganini malum qilgan.
“Eron Islom Respublikasi avval erişilgan kelişuvlarga amal qilgan holda va xayrixohlik körsatib, Hormuz böğozi orqali çeklangan miqdordagi neft va savdo kemalarini nazorat ostida ötkazişga rozilik bergan edi.Markaziy qömondonlik vakili, şuningdek, AQŞ Erondan çiqayotgan va Eronga ketayotgan barça kemalar uçun kema qatnovi erkinligini töliq tiklamagunça, Hormuz böğozidagi vaziyat qatiy nazorat ostida va avvalgi tartibda qolişini takidlagan.
Biroq amerikaliklar yana bir bor sotqinlik körsatib, blokada niqobi ostida qaroqçilik va dengiz talonçiligini davom ettirmoqdalar. Şu munosabat bilan Hormuz böğozi ustidan nazorat avvalgi holatiga qaytarildi va uşbu strategik suv yöli Eron Qurolli Kuçlarining qattiq boşqaruvi va nazorati ostida qolmoqda”, deydi qömondonlik vakili.