AQŞ Venesueladagi barça uranni talon-toroj qildi
11-05-2026, 11:23
129 марта

AQŞ Venesueladagi barça uranni talon-toroj qildi
AQŞ Venesueladagi eski tadqiqot reaktorida saqlangan barça boyitilgan uranni mamlakat hududidan olib çiqib ketdi. Bu haqda AQŞ Energetika vazirligi bayonotiga tayanib, “The Guardian” xabar berdi.Vazirlik malumotiga köra, gap 13,5 kilogramm boyitilgan uran haqida ketmoqda. Operatsiya AQŞ, Buyuk Britaniya va Venesuela hamkorligida amalga oşirilgan. AQŞ Energetika vazirligi bu operatsiyani “Amerika, Venesuela va butun dunyo uçun ğalaba” deb atagan.
Xalqaro atom energiyasi agentligi malum qilişiça, uran “murakkab va öta sezgir operatsiya” doirasida Janubiy Amerikadan Şimoliy Amerikaga quruqlik va dengiz orqali xavfsiz tarzda taşilgan.
Material Venesuela poytaxti Karakasdan taxminan 15 kilometr uzoqlikdagi obektdan olib çiqilgan. Keyinçalik u AQŞ Energetika vazirligining Janubiy Karolina ştatidagi majmuasiga yetkazilgan.
AQŞ vazirligi bayonotida operatsiya “Prezident Trampning qatiy yetakçiligi tufayli” amalga oşgani ham takidlangan.