Trampning “oltin viza” dasturiga atigi 338 ta ariza topşirildi
12-05-2026, 07:54
68 марта

Trampning “oltin viza” dasturiga atigi 338 ta ariza topşirildi
AQŞ Prezidenti mamuriyati joriy yil aprel oyi oxirida Donald Tramp taşabbusi bilan 2025 yil dekabrida işga tuşirilgan “oltin viza” (narxi 1 million dollardan boşlanadi) dasturi böyiça arizalar haqidagi malumotlarni oçiqladi. Bu haqda “The Waşington Post” xabar berdi.Aprel oyi oxiriga kelib, “oltin viza” oliş uçun jami 338 ta ariza kelib tuşgan. Uşbu arizaçilarning faqat 165 nafari qaytarib berilmaydigan 15 ming dollarlik röyxatdan ötiş yiğimini tölagan va atigi 59 kişi keyingi bosqiçga – AQŞ Içki xavfsizlik vazirligida hujjatlarni töldiriş jarayoniga ötgan.
“The Waşington Post” naşrining yozişiça, immigratsiya böyiça yuristlar öz mijozlarini “oltin viza” dasturida iştirok etişdan qaytarmoqda. Sababi, uşbu dastur Kongress tomonidan maqullanmagan va istalgan vaqtda Prezident farmoni bilan bekor qilinişi mumkin. Bundan taşqari, dastur sud jarayonlari xavfi ostida qolgan va xorijiy investorlar uçun mavjud boşqa immigratsiya dasturlariga qaraganda heç qanday soliq imtiyozlarini taqdim etmaydi.