AQŞ JÇ uçun viza suhbatiga yoziliş tartibini elon qildi
11-04-2026, 12:46
71 марта

AQŞ JÇ uçun viza suhbatiga yoziliş tartibini elon qildi
AQŞ elçixonasi 2026 yilgi Jahon çempionatiga bormoqçi bölganlar uçun viza suhbatiga yoziliş tartibini elon qildi.Unga köra, 2026 yilgi FIFA Jahon çempionati çiptasi egasi FIFA PASS orqali viza suhbatiga yozilişi uçun avval fifa.com saytida çipta sotib olinişi şart.
Keyin, fifa.com/tickets saytida rozilik formasini pasport malumotlari bilan töldirib, söngra state.gov/fifa-world-cup-26 saytida DS-160 arizasini xuddi şu malumotlar asosida töldiriş va viza suhbatini belgilaş talab qilinadi.
- Şundan söng, FIFA PASS dasturida iştirok etişga rozilik şaklini yuboriş uçun fifa.com akkauntiga kiriş lozim;
- Ism va pasport raqamini xuddi pasportda yozilganidek kiritiş şart;
- Viza uçun ariza topşiriş jarayonini state.gov/fifa-world-cup-26 saytida boşlaş lozim;
- Fuqarolik davlati yoki ariza topşiriladigan doimiy yaşaş mamlakatini tanlaş kerak;
- DS-160 viza arizasi uçun onlayn formani töldiriş lozim;
- Viza arizasi şakliga (DS-160) ism va pasport raqamini xuddi pasportda yozilganidek kiritiş kerak;
- Bu malumotlar fifa.com saytida kiritilgan pasport malumotlari bilan bir xil bölişi şart.
- Viza suhbati sanasini belgilaş lozim;
- Yangi suratni yuklaş va viza tölovini amalga oşiriş kerak;
- “Siz FIFA çiptasi egasimisiz?” savoliga “Ha” deb javob beriş lozim;
- Agar viza tizimidagi malumotlar rozilik formasidagi malumotlarga mos kelsa, FIFA PASS imtiyozli röyxatga oliş tizimi orqali viza suhbatiga kiriş mumkin böladi.