AQŞ JÇ çipta egalariga viza jarayonida ustuvorlik beradi
18-11-2025, 10:21
118 марта

AQŞ JÇ çipta egalariga viza jarayonida ustuvorlik beradi
AQŞ Prezidenti Donald Tramp 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionati çiptalariga ega bölgan sayohatçilar uçun viza tayinlaş jarayoni tezlaştirilişini malum qildi. Uning aytişiça, FIFA’ning yangi “PAS” tizimi “uzoq kutiş vaqtiga ega bölgan çipta egalariga”ga elçixonalar va konsulliklarda birinçi navbatda suhbat qiliş imkonini yaratadi. Bu haqda BBCxabar berdi.Davlat kotibi Marko Rubioning takidlaşiça, Jahon çempionati çiptasi avtomatik tarzda viza bermaydi, ammo ariza topşirgan muxlislar odatda 6–8 hafta içida suhbat sanasini olişlari mumkin böladi. Hozirda ayrim davlatlarda AQŞ vizasi uçun kutiş muddati juda uzoq. AQŞ Davlat departamenti malumotiga köra, Kolumbiyada suhbat tayinlaş uçun 11 oy, Mexiko şahrida esa 9,5 oy kutiş kerak. Toronto şahrida (Kanada fuqarosi bölmaganlar uçun) kutiş muddati 14 oyni taşkil qiladi. Agar bu muddatlar özgarmasa, ayrim muxlislar turnir tugaganidan keyin viza olişlari mumkin.