AQŞ mundial arafasida sayyohlardan köproq pul undirmoqçi – OAV
7-08-2025, 12:22
201 марта

AQŞ mundial arafasida sayyohlardan köproq pul undirmoqçi – OAV
AQŞning yangi davlat xarajatlari töğrisidagi qonunida nazarda tutilgan tartib böyiça mamlakatga boruvçilar 250 dollar miqdoridagi qöşimça viza tölovi amalga oşirişi mumkin. Bu esa turistlar oqimini sezilarli darajada kamaytirişi kutilmoqda. Bu haqda “Axios” xabar berdi.Naşrning yozişiça, vizalarni rasmiylaştiriş xarajatlarining oşişi ayniqsa yirik xalqaro tadbirlar – 2026 yilgi futbol böyiça Jahon çempionati va 2028 yilgi yozgi Olimpiya öyinlari oldidan AQŞga sayohat qiluvçilar soniga salbiy tasir körsatişi mumkin.
AQŞ Turoperatorlari assotsiatsiyasi rahbari Jeff Frimanning aytişiça, hukumatning bu qarori “turistlardan ularning AQŞ içida sarflab, mahalliy tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaşi mumkin bölgan pullarini tortib olişga urinişdek” körinadi. Uning sözlariga köra, köplab sayohatçilar viza bilan boğliq şaroitlar qulayroq bölgan boşqa mamlakatlarni tanlaşi mumkin.
Assotsiatsiya malumotlariga köra, AQŞga borayotgan xorijiy turistlar soni 2025 yilning iyun oyida 5 foizga, yilning dastlabki olti oyida esa 2024 yilning şu davriga nisbatan qariyb 3 foizga kamaygan.
Malum bölişiça, yangi 250 dollarlik yiğim hozirda mavjud 185 dollarlik vizani rasmiylaştiriş tölovini bekor qilmaydi. AQŞ Davlat departamenti prognoziga köra, 2025 yildan 2034 yilgaça 120 milliondan ortiq viza beriladi va bu davlat byudjetiga qariyb 29 milliard dollar tuşum keltiradi.