Germaniyadan çiqarilyotgan AQŞ harbilari Polşaga joylaştirilişi mumkin
12-05-2026, 08:07
57 марта

Germaniyadan çiqarilyotgan AQŞ harbilari Polşaga joylaştirilişi mumkin
Prezident Donald Tramp Amerika Qöşma Ştatlari qöşinlarini Germaniyadan Polşaga köçirişi mumkinligini aytdi. Bu haqda u jurnalistlarga bergan intervyusida söz oçdi.“Polşa bundan mamnun bölar edi. Bizning Polşa bilan munosabatlarimiz juda yaxşi. Men Prezident bilan ham yaxşi munosabatdaman. Uni juda yaxşi köraman. Şuning uçun bu ehtimoldan holi emas”, deydi Tramp 8 may kuni jurnalistlarga.
Polşa Prezidenti Karol Navrotskiy joriy yilning 6 may kuni Polşa Germaniyadan çiqariladigan Amerika qöşinlarini qabul qilişga tayyorligini bildirgan. U hatto Tramp bilan şaxsan muzokara qilib, harbiylarni şarqqa yuborişni söraşini aytgan.
Polşa Mudofaa vaziri va konservativ Polşa Xalq partiyasi rahbari Vladislav Kosinyak-Kamiş ham 9 may kuni Trampning bayonotlarini olqişlagan.
“Polşa – Amerika ittifoqi xavfsizligimizning asosidir. Polşa NATOning şarqiy qanotini mustahkamlaş va Yevropani yanada yaxşiroq himoya qiliş uçun köproq amerikalik askarlarni qabul qilişga tayyor”, deb yozgan u X ijtimoiy tarmoğida.