Polşa Rossiyaning razvedka samolyotlarini uşladi
31-10-2025, 18:14
337 марта

Polşa Rossiyaning razvedka samolyotlarini uşladi
Polşa havo kuçlarining ikkita MiG-29 qiruvçi samolyoti keça, 30 oktyabr kuni ertalab Boltiq dengizi ustidagi Polşa havo hududi yaqinida Rossiyaning Il-20 razvedka samolyotini uşladi. Bu haqda Polşa Operatsion qömondonligi xabar berdi.Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamiş bu sönggi kunlardagi ikkinçi şunday hodisa ekanini malum qilgan.
Polşa rasmiylariga köra, Rossiya samolyoti transponderi öçirilgan va parvoz rejasini taqdim etmagan holda, xalqaro havo hududida bölgan. Polşa havo hududining buzilişi qayd etilmagan.
“Navbatçi ekipajlar, uçuvçilar va xodimlarning yuqori darajadagi jangovar tayyorgarligi va professionalligi tufayli operatsiya tez, samarali va xavfsiz tarzda amalga oşirildi”, deyiladi xabarda.