Polşa öz hududida Rossiya dronlarini urib tuşirdi
10-09-2025, 13:49
224 марта

Polşa öz hududida Rossiya dronlarini urib tuşirdi
Bugun, 10 sentyabr kuni Polşa birinçi marta ğarbiy Ukrainaning Rossiya tomonidan nişonga olinişi vaqtida mamlakat havo hududini buzgan dronlarga qarata öt oçdi. Bu haqda Polşa Qurolli kuçlari xabar berdi.Polşa harbiy qömondonligi malumotiga köra, 10 dan ortiq dron qayd etilgan, ularning ayrimlari "tahdidli" deb baholangan va "zararsizlantirilgan”.
“Bizning havo hududimizga kirgan ayrim dronlar urib tuşirildi. Uşbu obektlar qulagan ehtimoliy joylarni aniqlaş va qidiruv işlari olib borilmoqda”, deyiladi qömondonlik bayonotida.
Idora operatsiya davom etayotganini takidlab, Podlyask, Mazovets va Lyublin viloyatlari aholisiga uyda qolişni tavsiya etgan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlarda dronlardan biri uyga şikast yetkazganini köriş mumkin.
Mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamiş Polşa samolyotlari “duşman obektlariga qarşi qurol qöllaganini” tasdiqlagan.
“Biz NATO qömondonligi bilan doimiy aloqadamiz”, deya qöşimça qilgan u.
Polşa armiyasi bu hodisani “tajovuz harakati” deb atagan. Harbiy harakatlar tufayli mamlakatning eng yirik aeroporti – Varşavadagi aeroport, şuningdek, yana uçta aeroport, jumladan, Ukrainaga yordam yetkazişda muhim rol öynaydigan Jeşuv-Yasyonka ham yopilgan.
AQŞ Federal fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi ham bir neçta Polşa aeroportlarining havo hududi vaqtinça yopilganini tasdiqlagan. Qöşma Ştatlarning Yevropadagi armiyasi sobiq qömondoni Ben Hodjes Rossiya dronlarining NATO hududiga kirib borişini “mudofaa va erta ogohlantiriş tizimlarini ataylab sinaş” deb atagan.
“Biz har safar samarali javob berişimiz kerak. Biz, albatta, köproq narsa qila olamiz”, deydi u.