USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Germaniya va Polşa çegarasida Ikkinçi jahon uruşiga oid ommaviy qabr topildi

72 марта

Germaniya va Polşa çegarasida Ikkinçi jahon uruşiga oid ommaviy qabr topildi

Manba: Deutsçe Welle
Germaniya harbiy qabrlar ittifoqi mutaxassislari Germaniya va Polşa çegarasida joylaşgan Uzedom orolida Ikkinçi jahon uruşi qurbonlari dafn etilgan ommaviy qabrni aniqladi. Bu haqda Deutsçe Welle xabar berdi.

Mutaxassislar rejadagi qaziş işlari davomida dastlab olti nafar nomalum qurbonning jasadini qayta dafn etişni rejalaştirgan edi. Biroq mutaxassislar yakka tartibdagi qabrlar deb qaralgan joyni qazişganda, kutilmaganda içida 42 kişining jasadi bölgan uçta uzun çuqurni topgan.


Ittifoq malumotlariga köra, qabrdagi qoldiqlar asosan ayollar va bolalarga tegişli bölib, vafot etgan vaqtda qurbonlarning eng keksasi 70 yoşda bölgan. Jasadlarning öntasidan şaxsni tasdiqlovçi belgilar topildi. Ulardan biri Germaniya harbiy-dengiz flotida xizmat qilgan ayolga tegişli ekani tasdiqlandi.

Ölim sabablari

Qaziş işlari rahbari Yoaxim Kozlovskiyning aytişiça, ayrim insonlar ölimidan oldin gospitalda bölgan. Jasadlarda amputatsiya izlari aniqlangan.
Mutaxassislarga köra, jasadlarda nafaqat öq izlari, balki kalla suyagining oğir jarohatlari ham bor. Bu jarohatlar ötmas buyum bilan kuçli zarba beriş oqibatida yetkazilgan.

“Men bu odamlarning köpçiligi kaltaklab öldirilgan deb hisoblayman”, dedi Kozlovskiy.

Orol tarixi 
Hozirça ommaviy qirğinni kim va qaçon uyuştirgani nomalumligiça qolmoqda. Avvalroq oroldan bedarak yöqolgan bir neça Vermaxt askarlarining jasadi topilgan edi. Ammo yangi qabrdan bolalar suyaklari çiqişi qurbonlar tinç aholi vakillari bölganidan dalolat beradi.

Ikkinçi jahon uruşi paytida Boltiq dengizidagi uşbu orolda konslager joylaşgan edi. U yerda V-1 va V-2 raketalari işlab çiqarilgan. Şuningdek, orolga Germaniyaning uruş ketayotgan hududlaridan köplab qoçqinlar kelgan.

1945 yil mart oyida Amerika aviatsiyasi orolni bombardimon qilgan. May oyida hudud Qizil armiya tomonidan egallangan. Uruşdan keyin Uzedom Sovet ittifoqi nazoratida qolgan. 1950-yillarda orol hududi Polşa va Şarqiy Germaniya (GDR) örtasida bölib olingan. Mutaxassislar barça jasadlarning şaxsini aniqlaşga va ularning yaqinlarini topişga harakat qilmoqda. Şundan söng barça qurbonlar munosib tarzda qayta dafn etiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: