USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“AQŞ hududi deb tan olinadi”. Amerika Grenlandiya böyiça Daniya bilan muzokara boşladi

142 марта

“AQŞ hududi deb tan olinadi”. Amerika Grenlandiya böyiça Daniya bilan muzokara boşladi

AQŞ vakillari Grenlandiya orolida harbiy bazalar oçiş böyiça Daniya bilan muzokaralarning yangi bosqiçini boşladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Qayd etilişiça, AQŞ Grenlandiyada yangi bazalar oçiş böyiça yuqori darajadagi muzokaralarni olib bormoqda.

“Muhokamalar jarayonidan xabardor bölgan bir neça rasmiy şaxsning sözlariga köra, AQŞ Prezident Donald Trampning Grenlandiyani kuç bilan tortib oliş tahdidi tufayli yuzaga kelgan diplomatik inqirozni hal qiliş harakatlari doirasida uşbu hududning (Daniyaning yarim avtonom qismi) janubida uçta yangi baza oçişga intilmoqda”, deyiladi xabarda.
Oq uy mamuriyat Grenlandiya va Daniya bilan yuqori darajada muzokaralar olib borayotganini tasdiqlagan, biroq tafsilotlarni oçiqlaşdan boş tortgan. Şu bilan birga, “muzokaralar töğri yönalişda ketayotgani” qayd etilgan.


Daniya Taşqi işlar vazirligi ham AQŞ bilan muzokaralar olib borilayotganini tasdiqlagan. 
“Qöşma Ştatlar bilan doimiy diplomatik muloqot mavjud. Taşqi işlar vazirligi hozirça tafsilotlarga töxtalmaydi”, deydi vazirlik vakili. 
Bundan taşqari, Grenlandiya Boş vaziri Yens-Frederik Nilsen AQŞ bilan muzokaralarda “töğri yönalişda bir neça qadam taşlanganini” aytgan.
Muzokaralar jarayoni bilan taniş bölgan manbaga köra, Amerika rasmiylari “uçta yangi harbiy baza rasman AQŞning suveren hududi deb tan olinişi” variantini taklif qilgan.
“Bazalar Grenlandiya janubida joylaşadi va asosan Grenlandiya, Islandiya va Buyuk Britaniya örtasidagi Atlantika okeanining şimoliy qismida (GIUK-gap deb ataladigan hudud) Rossiya va Xitoyning ehtimoliy dengiz faoliyatini kuzatişga qaratiladi”, deyiladi xabarda.
Hozirça tomonlar rasman heç narsani kelişib olmagan va bazalarning yakuniy soni özgarişi mumkin. Yangi bazalardan biri, ehtimol, Narsarsuakda – ilgari Amerika harbiy bazasi joylaşgan va kiçik aeroport mavjud bölgan yerda taşkil etiladi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: