Eron AQŞga yadroviy qurol işlab çiqiş bilan tahdid qildi
13-05-2026, 10:17
37 марта

Eron AQŞga yadroviy qurol işlab çiqiş bilan tahdid qildi
Eron hukumati agar AQŞ tomonidan harbiy zarbalar qayta tiklansa, uranni qurol işlab çiqariş uçun zarur bölgan 90 foizlik körsatkiçgaça boyitiş bilan tahdid qildi. Bu haqda Eron parlamentining Milliy xavfsizlik va taşqi siyosat qömitasi vakili Ibrohim Rizoiy malum qildi.Uning sözlariga köra, yadroviy dasturni qurollaniş darajasiga kötariş masalasi tez orada parlamentda muhokama qilinadi.
Bunday keskin bayonotlar AQŞ Prezidenti Donald Trampning Eron tomonidan ilgari surilgan sönggi tinçlik taklifini “mutlaqo qabul qilib bölmas” deb rad etganidan söng yangray boşladi. Tramp hozirgi öt oçişni töxtatiş kelişuvining istiqbolini juda past baholab, sulhning saqlanib qoliş imkoniyati bor-yöği “bir foiz” ekanini takidlagandi.
Ayni paytda yadroviy zaxiralar masalasi muzokaralardagi eng asosiy tösiq bölib qolmoqda. Malumotlarga köra, Eron ixtiyorida 400 kilogrammdan ortiq 60 foizgaça boyitilgan uran mavjud. Vaşington uşbu zaxiralarni zudlik bilan mamlakatdan olib çiqilişi yoki boyitiş jarayoni kamida 20 yilga töxtatilişini talab qilgan.
AQŞ rasmiylarining hisob-kitoblariga köra, Tehron mavjud xomaşyoni bor-yöği ikki hafta içida qurol darajasiga keltirişi va bu zaxira 11 ta yadroviy jangovar kallak yaratiş uçun yetarli bölişi mumkin.
Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu ham masalaga qatiy munosabat bildirib, Eronning yadroviy salohiyati töliq yöq qilinmagunça uruşni tugagan deb hisoblab bölmasligini aytgan. Şu bilan birga, mintaqada psixologik bosim ham kuçaygan. Isroil OAVlari mahalliy fuqarolarning telefonlariga Eron nomidan tahdidli xabarlar kelayotgani, unda tungi osmonda quyoşni körasiz, deya yaqinlaşib kelayotgan raketa hujumlariga işora qilinayotgani haqida yozmoqda.
Pokiston vositaçiligida örnatilgan va 8 apreldan buyon amal qilayotgan vaqtinçalik tinçlik holati hozirda jiddiy xavf ostida turibdi.