Eron tez orada AQŞga öz taklifini taqdim etadi – Aroqçi
21-02-2026, 08:25
56 марта

Eron tez orada AQŞga öz taklifini taqdim etadi – Aroqçi
Eron yaqin ikki-uç kun içida yadroviy muzokaralar böyiça AQŞga taklif loyihasini tayyorlaydi. Bu haqda mamlakat Taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi malum qilgan.Mulozimning aytişiça, sönggi muzokaralarda Vaşington Eron uçun “nol darajadagi uran boyitiş” talabini qöymagan, Tehron esa uşbu jarayonni töxtatişni taklif qilmagan. Aroqçi tomonlar hozir yadroviy dasturning, jumladan, boyitiş jarayonining tinç maqsadlarda ekanini va şundayligiça qolişini kafolatlaş mexanizmlarini muhokama qilayotganini bildirgan.
Vazirning takidlaşiça, buning evaziga sanktsiyalar böyiça muayyan çoralar körilişi ehtimoli bor. U tafsilotlarni oçiqlamagan bölsada, diplomatik kelişuv “qisqa muddatda” amalga oşişi mumkinligini aytgan.
Oq uy hozirça Aroqçining bayonotlariga rasmiy munosabat bildirmagan. Tomonlar örtasida navbatdagi muzokaralar bir hafta içida ötkazilişi kutilmoqda.