USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Artemis II ning eng qiziq kuzatuvi: Oy aslida qanday rangda?

113 марта

Artemis II ning eng qiziq kuzatuvi: Oy aslida qanday rangda?

NASA’ning joriy yil aprel oyi boşidagi Artemis II missiyasi kutilmagan kuzatuvlari bilan ilmiy doiralarda yangi bahsni oçib berdi. Asosiy masala Oyning asl rangi qandayligi bilan boğliq. Bu haqda “Space” xabar berdi.

Artemis II missiyasi doirasida Oy orqa tomonini (körinmaydigan yuzini) kuzatgan tört astronavt Yerga qaytgaç, Oy oddiy kulrang jism emasligini, balki kutilmagan ranglar va tuzilmalarga ega ekanini aytgan.

NASA tomonidan geologlar va vulkanologlar tayyorlagan 90 sahifalik maxsus “Oy pasporti” orqali öqitilgan ekipaj orbitadagi robotlardan farqli ravişda inson közining tabiiy idrokidan foydalanib, yuzada jigarrang va yaşil tuslarni ham qayd etgan. Ayniqsa, Aristarçus (Aristarx) platosi hududida köringan yaşil minerallar Oy içki qatlamlaridagi magma kimyosi haqida muhim malumot beruvçi olivin yoki piroksen kabi moddalar bölişi mumkinligi aytilmoqda.


Oy kulrang emasmi?

Olimlar uçun astronavtlarning suratlaridan köra, ularning oğzaki kundalik yozuvlari (audio qaydlar) ança muhim hisoblanadi. Robotlar va orbitadagi qurilmalar malumotlarida bazan suniy yöldoş kamera kalibrovkasining xatolari bölişi mumkin.
Ammo inson közi Oy yuzasidagi rang va yorqinlik farqlarini real vaqtda aniqroq ajrata oladi. Astronavtlarning kuzatuvlari Oydagi qadimiy vulqon faolligi va yuzaning geologik tarixi haqida ilgari suniy yöldoşlar bera olmagan çuqurroq malumotlarni taqdim etmoqda.

Oy yuzasidagi bu “yaşirin ranglar palitrasi” nafaqat ilmiy qiziqiş uyğotadi, balki Yer va Quyoş tizimining ilk şakllaniş bosqiçlarini tuşunişda ham muhim kalit hisoblanadi. Oy yuzasidagi ulkan kraterlar va lava oqimlari milliardlab yillar davomida meteorit zarbalari va geologik özgarişlar tarixini saqlab qolgan tabiiy arxiv vazifasini bajaradi.

NASA mutaxassislari astronavtlarning bu “rangli” kuzatuvlari kelajakda Oy haqidagi ilmiy konferentsiyalarda eng köp muhokama qilinadigan mavzulardan biri bölişini va Oy tarixiga oid hozirgi qaraşlarni özgartirişi mumkinligini takidlamoqda.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: