Yangilangan rekord: Artemis II eng uzoq kosmik parvozni amalga oşirdi
7-04-2026, 21:57
50 марта

Yangilangan rekord: Artemis II eng uzoq kosmik parvozni amalga oşirdi
Keça, 6 aprel kuni NASA tomonidan amalga oşirilgan Artemis II missiyasi insoniyat tarixida eng uzoq masofaga erişilgan kosmik parvoz sifatida qayd etildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.Qayd etilişiça, ekipajdagi tört nafar astronavt Yer yuzidan taxminan 406-407 ming kilometr uzoq masofaga parvozni amalga oşirgan. Şu tariqa Apollo 13 missiyasi tomonidan örnatilgan 1970 yildagi rekord yangilangan.

Yangi missiya avvalgisidan taxminan 4-6 ming kilometr uzoqroq masofani bosib ötgan. Parvoz davomida ekipaj Oyning qoronği tomoni atrofida uçib ötgan. Şu jarayonda qisqa muddatga aloqada uziliş yuz bergan bölsada, astronavtlar ilgari inson közi tuşmagan hududlarni kuzatiş imkoniga ega bölgan.

Artemis II missiyasi doirasida Oyga yöl olgan astronavtlar Yerning tabiiy yöldoşiga yangi fotosuratlarni taqdim etdi. Orion kosmik kemasidan olingan tasvirlarda Oyning ilgari inson közi bilan heç qaçon körilmagan hududi – Orientale havzasining bir qismi aks etgan. NASA tomonidan berilgan bayonotga köra, diametri taxminan 965 kilometr bölgan Orientale havzasi Oyning Yerdan körinadigan yuzi bilan qoronği yuzi orasidagi muhim ötiş hududini ifodalaydi.

Bugungaça faqat robot qurilmalar orqali tasvirga olingan uşbu hudud birinçi marta inson missiyasi davomida suratga muhrlangan. Artemis II astronavtlaridan biri Oyning Yerdan körinmaydigan va kam kuzatiladigan yuzi böyiça birinçi taassurotlarini “ajoyib” deb tariflagan. Astronavtlar yöl davomida Orion oynalaridan qaraganda, Oyning tobora kattalaşib körinayotganini bildirgan. Missiya davomida taqdim etilgan tasvirlar orasida Yerdagi hilol şaklidagi köriniş va astronavtlarning kosmik kemadagi kundalik hayoti aks etgan suratlar ham bor.