USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲ USD: 11,994 söm ▲ EUR: 13,420 söm ▲ RUB: 146 söm ▼ GBP: 16,088 söm ▲ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 27 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,265 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

«Artemida-2» missiyasi ekipaji Oyga sayohatdan ilk suratlarni namoyiş etdi

317 марта
«Artemida-2» missiyasi ekipaji Oyga sayohatdan ilk suratlarni namoyiş etdi

Fazogirlar Yer va uning yöldoşini, şuningdek, bir-birini kadrlarga muhrlagan.

3 aprel kuni, AQŞ Şarqiy sohil vaqti bilan soat 19:49 da (Toşkent vaqti bilan 4 aprel kuni 04:49 da), «Orion» kosmik kemasi dvigatellari «translunar inektsiya impulsi»ni amalga oşirdi – bu kemani Yer atrofidagi orbitadan Oy sari parvoz trayektoriyasiga ötkaziş uçun tezlaniş beradigan manyovrdir. Jarayon 5 daqiqayu 55 soniya davom etdi. Şundan keyin kema Oy tomon yöl oldi.

Bu 1972 yilgi «Apollon-17» missiyasidan beri insoniyat Yer orbitasini qayta tark etişi bilan boğliq ilk holatdir.


Ekipaj tarkibidan NASA astronavtlari Rid Uayzman, Viktor Glover va Kristina Kox, şuningdek, Kanada kosmik agentligi astronavti Jeremi Hansen örin olgan.
6 aprel kuni ekipaj olti soatlik seans davomida Oy sirtini kuzatiş seansini ötkazadi. «Artemida-2» nomini olgan missiya 10 kun davom etadi – «Orion» Oy atrofini aylanib çiqadi va şundan keyin Yerga qaytadi.

Astronavtlar Yer yöldoşiga qönmaydi: ularning asosiy vazifasi – kosmik kemaning boşqaruv tizimlarini sinovdan ötkaziş va barçasi uzoq koinot şaroitida işlaşiga işonç hosil qilişdan iborat. 

Ekipaj allaqaçon Yer va Oyning «Orion» bortida turib olingan ilk suratlari bilan bölişdi, şuningdek, kosmik kemada kunlar qanday ötayotganini namoyiş etişdi. Quyida mazkur kadrlar keltiriladi.
NASA astronavti Kristina Kox (çapda) va Kanada kosmik agentligi (CSA) astronavti Jeremi Hansen (öngda) «Orion» bortida. 3 aprel kuni ular va «Artemida» missiyasidagi ikki hamkasbi Yer va Oy örtasidagi yölning yarmini bosib ötişdi. «Siz hozir Yerga qaraganda Oyga yaqinroqsiz», – deya ularga xabar yöllagan Parvozni boşqariş markazi AQŞ Şarqiy sohil vaqti bilan soat 23:00 da
NASA / AFP / Scanpix / LETA
1972 yilgi «Apollon-17» missiyasidan beri ilk bor AQŞning Oyga uçirgan missiyasi bölgan «Artemida-2» ekipaji tomonidan olingan Oy surati
NASA / AFP / Scanpix / LETA
Missiyaning ikkinçi kunida kema quyoş batareyalaridan biriga örnatilgan kamerada olingan «Orion»ning bir qismi surati
NASA / AFP / Scanpix / LETA
«Artemida-2» missiyasi ekipaji çapdan öngga: kanadalik astronavt Jeremi Hansen, missiya komandiri Rid Uaysmen, astronavtlar Kristina Kox va Viktor Glover 2 aprel kungi videokonferentsiya çoğida
NASA
Astronavtlar Viktor Glover (NASA), Jeremi Hansen (CSA) va Rid Uaysmen (NASA) «Orion» bortida. Parvozdagi fotosuratlar Nikon D5 kameralari orqali olingan – ular kosmos şaroitidagi radiatsiya tasiriga çidamli
NASA
NASA töğridan töğri translyatsiyasi videoyozuvidan skrinşot. 3 aprel kuni Yer va Oy örtasidagi masofani bosib ötiş vaqtida Jeremi Hansen tuşlik qilmoqda, Kristina Kox iş bilan band
NASA / AFP / Scanpix / LETA
Yerning Rid Uaysmen tomonidan olingan surati
Reid Wiseman / NASA / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
«Orion»ning bir qismi Oy fonida. Bu kadr kemaning quyoş batareyalaridan biriga örnatilgan kamerada olingan.
NASA / AFP / Scanpix / LETA
NASA videotranslyatsiyasidan skrinşot. Missiya AQŞ Şarqiy sohil vaqti bilan 1 aprel kuni soat 18:35 da start oldi (Toşkent vaqti bilan 2 aprel kuni soat 03:35). SLS (Space Launç System) raketa taşuvçisining asosiy bosqiçi kemaning SRB (Solid Rocket Boosters) yon tezlatgiçlari bilan birga startdan taxminan 8 daqiqa ötgaç ajralib çiqdi.
NASA

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: