Insoniyat yarim asrdan keyin ilk bor Oyga yöl oldi

Insoniyat yarim asrdan keyin ilk bor Oyga yöl oldi
Missiya rahbarlari balandligi 98 metr bölgan SLS (Space Launç System) raketasi va uning uçidagi Orion kapsulasi çorşanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 18:24 da (Toşkent vaqti bilan 2 aprel, tonggi 03:24) startga tayyor ekanini tasdiqladi. Raketa Florida ştatidagi Kennedi kosmik markazidan — yarim asr avval AQŞning sönggi Apollon missiyasi kötarilgan maydonçaning yonidan parvozga otlanadi.
Ekipaj azolari
Artemis II missiyasi ekipaji tarkibidan NASA astronavtlari Kristina Kox, Viktor Glover, Rid Uayzmen va kanadalik Jeremi Xansen joy olgan. Ular 27 mart kuni Xyustondan Floridaga yetib keldi va parvoz oldidan ikki haftalik karantinda böldi.
“Ayni damda barça körsatkiçlar joyida. Sanoqni boşlaş uçun alo darajadagi holatdamiz”, dedi parvoz direktori Çarli Blekuell-Tompson.
Ob-havo malumotlariga köra, çorşanba kuni parvoz uçun şaroit qulay böladi (noqulaylik ehtimoli bor-yöği 20 foiz). Agar ob-havo pand bersa, NASA 6 aprelgaça har kuni parvozga urinib körişi mumkin, undan keyingi imkoniyat esa 30 aprelda böladi.
Artemis II missiyasi ekipajni Oy atrofida aylantirib, koinotning 406 000 kilometr içkarisiga olib kiradi. Bu insoniyat tarixidagi eng uzoq masofali parvoz böladi.
Hozirgi rekord 1970 yilda Apollon-13 missiyasi tomonidan örnatilgan bölib, öşanda astronavtlar texnik nosozlik sababli taxminan 399 000 kilometr masofagaça bora olişgan edi. 1972 yildan beri, yani sönggi Apollon parvozidan buyon insoniyat Yer orbitasidan taşqariga çiqmagan.
Missiya maqsadi va texnik sinovlar
Parvoz davomida astronavtlar hayotni taminlaş tizimlari, aloqa va boşqaruv interfeyslarini sinovdan ötkazadi. Startdan uç soat ötgaç, ular Orion kemasini qölda boşqarişni maşq qiladi — bu avtomatik tizimlar işdan çiqqan taqdirda muhim xavfsizlik çorasidir.
SLS raketasini işlab çiqişda Boeing va Northrop Grumman, Orion kapsulasini yaratişda esa Lockheed Martin kompaniyalari yetakçilik qilgan. Dasturning har bir parvozi 2 milliarddan 4 milliard dollargaça mablağ sarflanişi bilan tanqid qilingan bölsa-da, u AQŞning koinotdagi ustuvorligini taminlaşga qaratilgan.
Xitoy bilan poyga va kelajakdagi rejalar
NASA uşbu dastur orqali Oyning janubiy qutbida uzoq muddatli bazani şakllantirişni rejalaştirmoqda. Agentlik 2028 yilgaça Artemis IV missiyasi doirasida ilk ekipajni Oyga qöndirişni maqsad qilgan. Bu Xitoyning 2030 yildagi rejasidan avvalroq amalga oşirilişi kutilmoqda.