Tarixiy missiya yakuni: Artemis II nimalarga erişdi?
9-04-2026, 17:39
150 марта

Tarixiy missiya yakuni: Artemis II nimalarga erişdi?
NASA’ning joriy yilning 6 aprel kuni boşlangan va insoniyat tarixidagi eng uzoq masofaga erişilgan kosmik parvozi öz missiyasini yakunlamoqda. Ertaga, 10 aprel kuni kosmik kema Qöşma Ştatlar vaqti bilan 20:00 (Toşkent vaqti bilan 11 aprel 05:00) da Yerga qönadi. Bu haqda NASA xabar berdi.NASA’ga köra, Orion kosmik kemasining 4 nafar ekipaj azosi parvozni muvaffaqiyatli yakunlab, dunyoga namoyiş etiş uçun Oydan olingan köplab suratlar va bir olam taasurotlar bilan öz uylariga qaytmoqda. Ekipaj uçuvçisi Viktor Glover keça, 8 aprel kuni NASA’ning Xyustondagi Jonson kosmik markazida bölib ötgan matbuot anjumanida koinotdan turib öz taassurotlarini ulaşgan.
“Biz albatta ortga qaytişimiz kerak. Biz Oyda siz körganingizdan ham hayratlanarliroq köplab manzaralarni tarixga muhrladik. Bundan taşqari, odamlarga aytişimiz zarur bölgan ajoyib taassurotlar bilan qaytyapmiz. Bizda öz missiyamizni yakunlaşimiz uçun rejada yana 2 kunimiz bor”, deydi ekipaj azosi.Şuningdek, AQŞ Prezidenti Donald Tramp Artemis II missiyasining parvozi muvaffaqiyatli amalga oşirilganidan söng ekipaj azolari bilan suhbatlaşgan. U missiya Amerika tarixiga oltin harflar bilan muhrlanişini hamda mamlakat xalqi va Prezdidenti ulardan faxrlanişini aytgan.
Eslatib ötamiz, joriy yilning 6 aprel kuni Artemis II missiyasi Orion kosmik kemasida ekipajdagi tört nafar astronavt bilan Yer yuzidan taxminan 406-407 ming kilometr uzoq masofaga parvozni amalga oşirgandi. Şu tariqa Appolo 13 missiyasi tomonidan örnatilgan 1970 yildagi rekord yangilangan. Yangi missiya avvalgisidan taxminan 4-6 ming kilometr uzoqroq masofani bosib ötgan.
Missiyaning avvalgisidan asosiy farqi şundaki, kosmik kema Oyga qönmasdan, uning Yerga körinmaydigan qismini suratga olişi va aylanib ötişi kerak edi. NASA’ga köra, parvoz kutilganidan ham muvaffaqiyatliroq tarzda amalga oşirilgan.