Latviya Rossiya va Belarusga avtobus qatnovlarini butunlay töxtatmoqçi
14-05-2026, 08:34
54 марта

Latviya Rossiya va Belarusga avtobus qatnovlarini butunlay töxtatmoqçi
Latviya Transport vazirligi Rossiya va Belarusga barça avtobus qatnovlarini, şuningdek, mamlakat hududi orqali tranzit taşişni taqiqlovçi tuzatişlarni işlab çiqdi. Bu haqda “Delfi” xabar berdi.Hozirgi vaqtda Latviya-Rossiya va Latviya-Belarus çegaralari orqali xalqaro nomuntazam avtobus qatnovlariga taqiq allaqaçon amal qilmoqda. Yangi tuzatişlar esa çeklovlarni muntazam reyslarga ham tatbiq etadi. Vazirlik tuşuntirişiça, qoidalar tasdiqlangaç, davlat Avtotransport direktsiyasi (ATD) mamuriy hujjatlar orqali konkret taşuvçilarga berilgan ruxsatnomalarni bekor qilişi mumkin böladi. Idoraning bildirişiça, bu çeklovlar Latviya Konstitutsiyasiga mos keladi va demokratik jamiyatda özini oqlaydi.
“Davlat xavfsizlik xizmatining 2025 yildagi faoliyati böyiça hisobotida bayon etilgan xulosalarga köra, Belarus va Rossiya bilan transport aloqasi mavjudligi milliy xavfsizlikka tahdid soluvçi omillarni amalga oşirişga obektiv ravişda yordam beradi deb hisoblaş uçun asoslar bor. Belarus va Rossiyaga muntazam reyslarning mavjudligi, boşqa sayohat imkoniyatlari bilan bir qatorda, Latviya fuqarolari uçun tasir ötkaziş va yollaş holatlariga duç keliş xavfini oşiradi”, deyiladi vazirlik izohida.