Latviya Ukrainaga yana 21 ta Patria 6x6 zirhli transportyorini topşirdi
7-11-2025, 15:11
77 марта

Latviya Ukrainaga yana 21 ta Patria 6x6 zirhli transportyorini topşirdi
Latviya RF hujumiga qarşi Ukrainaning mudofaa kuraşini qöllab-quvvatlaşni davom ettirmoqda. Kiyev yana 21 ta Patria 6x6 zirhli transportyorini qabul qildi, ularni Ukraina mudofaa vaziri Denis Şmixal 6 noyabr kuni Adaji harbiy bazasiga taşrifi çoğida qabul qilib oldi.“Patria’larni topşiriş döstlik, şeriklik va qölimizdan kelgança hissa qöşişga tayyorligimizni namoyon etadi”, — dedi Latviya mudofaa vaziri Andris Şpryuds. Uning takidlaşiça, YeI va NATO azosi bölgan uşbu Boltiqböyi mamlakati “Ukrainani doim qöllab-quvvatlagan va bundan buyon ham çin dildan qöllab-quvvatlaydi”.
Şmixal Latviyaga zirhli transportyorlar uçun minnatdorlik bildirdi. Uning takidlaşiça, dronlar va boşqa yangi texnologiyalar rivojiga qaramay, ananaviy qurol-aslaha tizimlari hamon hal qiluvçi örin tutadi.
“Bu maşinalar — samarali texnika, ular jangçilarning hayotini saqlab qoladi”, — dedi vazir. Joriy yilda jami hisobda Latviya Ukrainaga 42 ta zirhli transportyor topşirgan.
Ukraina uç yil yarimdan ortiq vaqtdan beri ğarb ittifoqçilari yordamida Rossiya hujumiga qarşi kuraşmoqda. Rossiya va Belarus bilan qöşni bölgan Latviya Kiyevning eng qatiy tarafdorlaridan biri bölib qolmoqda.
Şpryudsning sözlariga köra, bu yil mamlakat Kiyevga YaIMning taxminan 0,3 foizi miqdorida harbiy yordam ajratadi.