Polşa 2014 yildan buyon Rossiyaning ehtimoliy bosqiniga tayyorlanib keladi
14-10-2025, 09:08
247 марта

2014 yildan boşlab Varşava öz qurolli kuçlari sonini ikki baravarga, harbiy xarajatlarni yalpi içki mahsulotning deyarli 5 foizi miqdorida oşirdi: 2025 yilda buning uçun YaIMning 4,7 foizi yönaltirilgan, 2026 yilda bu miqdor 4,8 foizga yetişi rejalaştirilgan. Bu Şimoliy Atlantika alyansiga azo bölgan 32 mamlakat orasida eng yuqori körsatkiçdir.
Polşa 2023-2024 yillarda 50 million dollarlik xarid bilan Amerika qurollarining eng yirik sotib oluvçisi bölgan. Harbiy xarajatlari tufayli Polşa AQŞ prezidenti Donald Trampning etiborini qozongan. Polşaning yangi prezidenti Karol Navrotskiy bilan uçraşuvda Tramp Polşani qöllab-quvvatlaşini bildirdi, u Yevropaning boşqa mamlakatlariga doim ham bunday etibor körsatmaydi. «Biz Polşani töliq qöllab-quvvatlaymiz va unga özini himoya qilişga yordam beramiz», – dedi Tramp. AQŞ mudofaa vaziri Pit Hegset 2025 yil boşida Varşavaga taşrifi çoğida Polşani «namunali ittifoqçi» deb atagandi.
Polşa hukumati Rossiya Vladimir Putin rahbarligida Şarqiy Yevropadagi ananaviy tasir doirasini tiklaşga intilmoqda, deb hisoblaydi. Rossiyaning Ukrainaga, endi esa Yevropaga qarşi harakatlari, WSJ yozişiça, polşalik siyosatçilarni ularning mamlakati yana öt oçiş çiziğiga tuşib qolganidan asabiylaşişga majbur qilmoqda. Ammo bu safar, naşrning takidlaşiça, Polşa tayyor bölişni xohlaydi.
«Bu bizning uruş», – dedi Polşa boş vaziri Donald Tusk sentyabr oyida xavfsizlik böyiça Varşava forumida Rossiya-Ukraina uruşi haqida gapira turib. U Polşa öz qurolli kuçlarini keng kölamli modernizatsiya qilişga qaror qilganini takidladi va Yevropaning boşqa davlatlarini ham şunday qilişga çaqirdi. Tusk bu nafaqat Kiyevni qöllab-quvvatlaş uçun, balki NATOga azo mamlakatlarning kelajagi va xavfsizligi uçun ham zarurligini takidladi.
2014 yilda Rossiya Qrimni anneksiya qilib, Donbassda uruş boşlaganidan söng Varşava Moskva bilan ehtimoliy uruşga tayyorgarlik köra boşlagan. Polşa harbiy strateglari bir yil davomida eng yomon stsenariylarni tahlil qilişgan, şundan söng ular qöşinlar sonini tezda köpaytiriş va qurol sotib oliş hajmini oşiriş orqali qurolli kuçlarni isloh qilişga kirişgan.
2018 yilgi islohotlardan keyin taşkil etilgan birinçi bölinma 18-mexanizatsiyalaşgan diviziya bölib, u yuqori jangovar tayyorgarlik holatida. Polşa yana ikkita şunday bölinma tuzmoqda. Bundan taşqari, mamlakat ön minglab harbiylardan iborat öz hududiy mudofaa kuçlarini yaratdi.
Polşa uçun ustuvor vazifa – askarlarni öqitiş. Sentyabr oyida 30 ming harbiy, jumladan, 18-diviziya AQŞ va Niderlandiya qurolli kuçlari bilan birgalikda «Temir himoyaçi» nomli maşğulotlarida qatnaşdi, unda polşalik askarlar Amerikaning Abrams tanklari, Janubiy Koreyaning baravar öt oçiş reaktiv tizimlari, HIMARS raketa tizimining Polşadagi modifikatsiyasidan (Ukraina Rossiyaga qarşi uruşda şunday tizimlardan foydalanadi) foydalanişni maşq qildi.
Polşa Rossiya bilan ziddiyat yuzaga kelgan taqdirda NATO mudofaasining markaziy elementi hamda Boltiqböyi davlatlari –Estoniya, Latviya va Litva uçun muhim hamkor vazifasini bajaradi, deb yozadi The Wall Street Journal.
Polşa Rossiyaning Kaliningrad eksklavi bilan ham, Moskvaning yaqin ittifoqçisi Belarus bilan ham çegaradoş. «Inqiroz yuzaga kelgan holatda Boltiqböyi mamlakatlari mudofaasi AQŞ tomonidan kuçaytirilgan Polşa qurolli kuçlari Kaliningrad va Belarusda [Rossiya qöşinlariga] qançalik qarşi tura olişiga boğliq böladi», – deb hisoblaydi Polşa mudofaa vazirining sobiq örinbosari Tomaş Şatkovski.
Polşa mojaro yuzaga kelganda joylaştirilişi mumkin bölgan köp sonli NATO harbiylarini qabul qiliş imkoniyatiga ega böliş uçun özining logistika imkoniyatlarini ham yaxşiladi. Polşa buning uçun bazi fuqarolik samolyotlarini modernizatsiya qilmoqçi.